Jahon

Rishi Sunak yana bosh vazir bo‘lishga urinib ko‘radi

O‘tgan safar u Liz Trassga mag‘lub bo‘lgandi.

Rishi Sunak yana bosh vazir bo‘lishga urinib ko‘radi

 

Buyuk Britaniya sobiq moliya vaziri Rishi Sunak yana bosh vazirlikka nomzodini ilgari surdi. Uni konservatorlar partiyasining 100 dan ortiq deputati qo‘llab-quvvatlagan.

 

Sobiq vazir boshqa nomzodlar 100 ta ovoz to‘play olmasa, avtomatik tarzda hukumat rahbariga aylanadi. Ammo bosh vazirlik uchun kurashga Boris Jonson ham qo‘shilishi mumkin. Hozirda faqatgina Vakillar palatasi rahbari Penni Mordont saylovda ishtirok etishini eʼlon qilgan.

 

Turli maʼlumotlarga ko‘ra, Jonsonni 67 deputat qo‘llab-quvvatlashi aniq. Uning ittifoqchisi Jeyms Daddrij sobiq bosh vazir yuztadan ortiq ovoz to‘play olishiga ishonishini aytgan.

 

Jonson Karib orollaridagi taʼtilini bekor qilib, Londonga uchib kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Shu haftada Liz Trass bosh vazirlikdan isteʼfoga chiqdi. U 45 kun davomida hukumatni boshqargan. Saylovda aynan Rishi Sunak Trass xonimning asosiy raqobatchisi bo‘lgan.

 

Avvalroq Buyuk Britaniyada saylov sanasi maʼlum qilingandi.

 

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Rishi Sunak yana bosh vazir bo‘lishga urinib ko‘radi | Zamon.uz