Jiru qahramonga aylandi
U Chempionlar ligasida haftaning eng zo‘r futbolchisi deb topildi.

“Milan” hujumchisi Olive Jiru UEFA tomonidan Chempionlar ligasi 6-turining qahramoni sifatida topildi.
36 yoshli fransiyalik hujumchi “Zalsburg”ga qarshi o‘yinda (4:0) 2ta gol va 2ta assistga mualliflik qildi. Bu natija evaziga milanliklar pley-off bosqichiga yo‘llanma olishdi.
Hafta qahramoni bo‘lish uchun Jirudan tashqari, “Real” yarimhimoyachisi Federiko Valverde, “Leypsig” forvardi Kristofer Nkunku va “Barсelona” vingeri Ferran Torres nomzodlar qatoridan joy olgandi.








