O'zbekiston

Toshkentda “hunar ko‘rsatgan” haydovchi jarimaga tortildi

Bugun uning ishi sudda ko‘rib chiqildi.

Toshkentda “hunar ko‘rsatgan” haydovchi jarimaga tortildi

 

Avvalroq Toshkent shahrida YPX inspektorlarining qonuniy talabini bajarmagan Neksiya–2 haydovchisining avtomashina oynalari sindirilgani haqida xabar qilgandik. Shahar sudlari mazkur holatdagi huqubuzarga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan rasmiy axborot berdi.

 

Qayd etilishicha, bugun, 3-noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi (yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) 2-qismi hamda 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan huquqbuzar deb topilgan A.X.ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilgan.

 

Ish hujjatlariga ko‘ra, huquqbuzar 2022-yil 1-noyabr kuni soat 17:00 larda o‘z boshqaruvida bo‘lgan Neksiya–2 rusumli avtomashinasini Yunusobod tumani Shahrisabz va Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorrahasida hech qanday hujjatlarsiz boshqarib ketayotgan vaqtida IIO xodimlari tomonidan jezl yordamida to‘xtatilgan. 

 

Haydovchi esa to‘xtash ishorasiga amal qilmay, harakatni davom ettirgan va voqea joyidan ketib qolgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida haydovchi to‘xtatilib, hujjatlarini tekshirish jarayonida unda avtomashina boshqarish uchun hech qanday hujjatlari mavjud emasligi aniqlangan.

 

Sudning qaroriga ko‘ra, A.X. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 2-qismi hamda 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan. 

 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasiga asosan uzil-kesil, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

 

“Ushbu qaror ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda berilishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda “hunar ko‘rsatgan” haydovchi jarimaga tortildi | Zamon.uz