Mask so‘zida turmadimi?
Ukrainada minglab Starlink tizimlari ishlamayapti.

Ukrainada 1.3 mingta Starlink terminallari ishlamay qoldi. Bunga moliyalashtirishning qisqarib ketgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Ukrainada jami 25 ming terminal mavjud. Ularning har biriga xizmat ko‘rsatish oyiga 2.5-4.5 ming dollarga tushmoqda. Bundan oldin SpaceX rahbari Ilon Mask terminallarni o‘z hisobidan moliyalashtirishni davom ettirishini aytgan bo‘lsa-da, CNN asosiy mablag‘lar Ukraina hukumati tomonidan sarflanganini taʼkidlamoqda.
Shu bilan birga ushbu xarajatlarning bir qismi Buyuk Britaniya, Polsha va AQSH tomonidan qoplanmoqda, ammo bu ham yetarli emas. Vashington Mask bilan ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlarini moliyalashtirish bo‘yicha muzokara olib boryapti.
14 oktyabr kuni Ilon Mask Starlink‘ni moliyalashtirish abadiy davom etmasligini aytgandi.







