AQSH admirali Ukraina nizosini mashg‘ulot deb atadi
U dunyoni yirik nizo xavfidan ogohlantirgan.

Dunyo katta nizo ostonasida turgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda AQSH Strategik qo‘mondonligi rahbari admiral Charlz Richard maʼlum qildi.
"Biz hozir ko‘rib turgan Ukraina inqirozi shunchaki mashg‘ulot. Katta inqiroz tobora yaqinlashmoqda. Biz avval ko‘rmagan sinovlarga oz qoldi", — degan qo‘mondon Suvosti kemalari ligasi simpoziumdagi chiqishida.
Admiralning fikricha, AQSH tezkor harakat qila olish ko‘nikmasini yo‘qotdi.
"Men Xitoyni tiyib turish siyosatimizni quyidagicha baholayman: kema sekinlik bilan cho‘kmoqda. U sekin bo‘lsa-da, cho‘kmoqda, ular o‘z kuchlarini bizga nisbatan tez joylashtiryapti", — deb qayd etgan Richard.
Avvalroq AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp dunyoga uchinchi jahon urushi xavf solayotgani to‘g‘risida gapirgandi.







