O'zbekiston

O‘zbekistonda kibersport alohida sport turi etib belgilandi

Mazkur yo‘nalishda musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha maxsus portal ishlab chiqiladi.

O‘zbekistonda kibersport alohida sport turi etib belgilandi

 

Prezidentning “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

 

Mazkur qaror O‘zbekistonda kibersportni xavfsiz rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha ekotizim yaratish, musobaqalar va turnirlarni tizimli ravishda o‘tkazish orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash hamda ularni professional kibersportga yo‘naltirish, axborot texnologiyalari va IT-industriya uchun salohiyatli kadrlarni tayyorlash va ularni sohaga jalb qilish ishlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, bu sport turini quyidagi o‘z ustuvor tomonlarini namoyon qilishga sharoit yaratadi:

 

—yoshlarni IKTga yanada yaqinlashtiradi, turli xil kompyuter dasturlar, texnologiyalar va chet tilini o‘rganishga qiziqishini orttiradi;

— kibersport – bu ikkita odamning, ikkita jamoaning intellektual bahsi, musobaqasi va ularning barcha harakatlari boshqa sport turlaridagi kabi g‘alabaga erishishga qaratilgan;

—aqliy qobiliyatni rivojlantirishga, tezda fikrlashga, mantiqiy bog‘liqlikni ko‘rishga, sergak bo‘lishga, diqqatni jamlashga o‘rgatadi;

—professional kibersportchilar doimo o‘zining jismonan sog‘lom bo‘lib yurishiga alohida e’tibor qaratadi.

 

Ma’lum qilinishicha, Sport vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi kibersportni ommalashtirishga mas’ul organlar etib belgilanmoqda.

 

2023 yildan boshlab har yili kibersport bo‘yicha quyidagi musobaqalarni o‘tkazish taklif etiladi.

 

Bunda, IT-park tomonidan kibersport musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha maxsus portal ishlab chiqiladi.

 

“Uzbekistan Esports Championship” chempionati, “Vazirlar Mahkamasi kubogi” va “Yoshlar kubogi” turnirlari hamda boshqa musobaqalarda g‘olib (sovrindor) bo‘lgan kibersportchilarga bir yo‘la beriladigan pul mukofoti va sovg‘alar daromad tarkibiga kiritilmaydi va soliqqa tortilmaydi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda kibersport alohida sport turi etib belgilandi | Zamon.uz