Jahon

Lloyd Ostin: Ukrainaga 20 milliard dollarlik harbiy yordam berdik

AQSH mudofaa vaziri Kiyev qancha payt qo‘llab-quvvatlanishi masalasiga oydinlik kiritdi.

Lloyd Ostin: Ukrainaga 20 milliard dollarlik harbiy yordam berdik

 

AQSH Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin maʼlum qildi.

 

“Hozirga qadar biz Ukrainaga 20 milliard dollarlik yordam berdik. Biz Ukrainaga qancha kerak bo‘lsa, shuncha ko‘mak beramiz”, – degan mudofaa vaziri.

 

Ukrainadagi harbiy mojaro boshlangach, Vashington Kiyevning asosiy harbiy donoriga aylandi. Ukrain armiyasi olayotgan asosiy harbiy texnikalar AQSH tomonidan yetkazib berilmoqda.

 

Kongressga oraliq saylovlar arafasida ayrim kuzatuvchilar respublikachilar partiyasi g‘alaba qozongan taqdirda Ukrainaga harbiy yordam berish kamayishini aytgandi. Ammo o‘tgan haftada partiya buni inkor qilib, faqatgina ko‘mak ustidan nazorat kuchaytirilishini maʼlum qilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"