Buyuk Britaniya kelasi yilda ham Ukrainaga yordam beradi
London Kiyevni yuz minglab artilleriya o‘q-dorilari bilan taʼminlash niyatida.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak 2023-yilda Ukrainani yuz minglab artilleriya o‘q-dorilari bilan taʼminlash rejalarini eʼlon qiladi. Bu haqda “AFP” agentligi xabar bergan.
Yordam 250 million funt sterlinglik shartnoma doirasida ko‘rsatiladi.2022-yilda London Ukrainaga 100 000 o‘q-dori yuborgan.
Janob Sunak Skandinaviya va Boltiq davlatlari, shuningdek, Niderlandiya rahbarlari bilan uchrashuvda ushbu masala yuzasidan bayonot beradi. Tadbir Riga shahrida bo‘lib o‘tadi va unda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy masofadan turib ishtirok etadi. Shundan so‘ng Britaniya hukumati rahbari Estoniyaga boradi va u yerda NATO ko‘pmillatli batalyoni tarkibida xizmat qilayotgan britaniyalik harbiylar bilan uchrashadi.
Rishi Sunak avvalroq Kiyevga berilgan harbiy yordamning Rossiya bilan qurolli mojaroga taʼsirini baholashni so‘ragandi.







