Bayden: Rossiya qishdan qurol sifatida foydalanmoqda
AQSH prezidenti Ukrainaning vayron bo‘lgan energetika infratuzilmasini tiklashda yordam vaʼda qildi.

AQSH Ukrainaga energetika infratuzilmani tiklashga yordam beradi. Bu haqda Jozef Bayden Vladimir Zelenskiy bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Amerika yetakchisining fikricha, Rossiya qishdan qurol sifatida foydalanmoqda.
“Qo‘shma Shtatlar o‘z hamkorlari va ittifoqchilari bilan birga Ukrainaning Rossiyaning maqsadli zarbalari natijasida vayron bo‘lgan elektr tizimining taʼmirlanishi uchun zarur uskunalarni yetkazib berish ustida ishlamoqda”, – degan AQSH rahbari.
Rossiya oktyabr oyidan buyon Ukraina energetika infratuzilmasiga raketa zarbalari berib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha Zelenskiy AQSHga tashrif buyurgandi. U Kongressda chiqish qilgan, shuningdek, Bayden bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazgandi.







