Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi
Holat yuzasidan FVV maʼlumot berdi.

Bugun, 30-dekabr kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 08:31 da Mirobod tumanining U. Azim ko‘chasida joylashgan 5-sonli ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida gaz-havo aralashmasi natijasida chaqnash yuz bergan.
Hodisa oqibatida bir kishi jarohatlangan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va boshqa ixtisoslashtirilgan tuzilmalar vakillari yetib borgan.
“Qo‘shimcha maʼlumotlar yaqin daqiqalarda eʼlon qilinadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.







