O'zbekiston

Taekvondo akademiyasining asosiy vazifalari belgilandi

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi.

Taekvondo akademiyasining asosiy vazifalari belgilandi

 

Bugun, 10-yanvar kuni “O‘zbekiston taekvondo akademiyasi va ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.

 

Qaror bilan taekvondo akademiyasining asosiy vazifalari belgilandi.

 

Taekvondo (WT) bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish, tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish shular jumlasidandir.

 

2023-yil 1-fevralgacha hududlarda ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlarini tashkil etish uchun foydalanilmayotgan bo‘sh binolar taekvondo (WT) assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalariga vaqtinchalik foydalanish uchun bepul ajratiladi va ular faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

 

Qarorga ko‘ra, Taekvondo akademiyasiga fuqarolar va chet el fuqarolari kasbiy mahorati va malakasini oshirish uchun to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2022-yil 29-iyuldagi qaroriga muvofiq Taekvondo (WT) assotsiatsiyasi tizimida Taekvondo akademiyasini hamda 2023-2024-yillarda hududlarda 14 ta ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlarini tashkil etish belgilangan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Taekvondo akademiyasining asosiy vazifalari belgilandi | Zamon.uz