16 yoshli Sharifa Davronova oltin medal qo‘lga kiritdi
Bugun Astandagi musobaqaning ikkinchi kuni yakunlandi

Qozog‘istonning Astana shahrida yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi qitʼa birinchiligining ikkinchi kun dasturi yakunlandi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, bugun ham O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Uch hatlab sakrash dasturida ishtirok etgan 16 yoshli Sharifa Davronova eng yuqori natija qayd etib, kattalar o‘rtasida ham tengsiz ekanini ko‘rsatdi. 13.98 metr natija hamyurtimizga chempionlikni taqdim qildi.








