Gruziyaning xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonuniga Moskvaning aloqasi bormi?
So‘z Kreml vakiliga.

Moskvaning Gruziyadagi “Xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunga aloqasi yo‘q. Bu haqda Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujjat oqibatida Gruziyada yuzaga kelgan ommaviy namoyishlar Kremlning xavotiriga sabab bo‘lgan.
“Nima bo‘lganda ham bu qo‘shni davlat va Gruziya bilan qalin aloqalarimiz bo‘lmasa-da, u yerdagi ishlar bizning xavotirlarimizni uyg‘otmasligi mumkin emas. Albatta, chegaramiz atrofida tinchlik bo‘lishi muhim”, – degan amaldor.
Gruziyada o‘tgan haftada “Xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonun mamlakatda yirik norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi. Mamlakat muxolifati hukumat va parlamentni “Rossiyadan ilhomlanish”da ayblagan.
Namoyishlar ortidan qonun loyihasi qaytarib olindi.







