Diyora Keldiyorova Tbilisidagi turnirda oltin medalni qo‘lga kiritdi
U Olimpiada chempionini mag‘lub etib, “Katta Dubulg‘a” turniri g‘olibasiga aylandi.

Tbilisi shahridagi “Katta Dubulg‘a” turnirining -52 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Diyora Keldiyorova final uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va Sport vazirligi maʼlum qildi.
Sportchi Tokio Olimpiadasi chempioni, kosovolik Distriya Krasnichiga qarshi tatamiga chiqdi va raqibasini IPPON bahosi evaziga taslim etdi.
“Ushbu g‘alaba Keldiyorovaga oltin medal bilan birga qimmatli 1000 reyting ochkosini ham taqdim etdi”, — deyiladi xabarda.








