Misrda turar-joy binosi qulab tushdi
Ichkarida odamlar qolib ketgan.

Hodisa oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Yana besh kishi jarohat olgan.
Voqea mamlakat shimolidagi Iskandariya shahrida sodir bo‘lgan.
To'rt qavatli binoda falokat tunda yuz bergani uchun bu yerda yashovchilarning asosiy qismi uyda bo'lgan.
Favqulodda vaziyat joyida qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlangan. Hozir qulash sabablari tekshirilmoqda.







