Sharifa Davronova oltin medalni qo‘lga kiritdi
Ayni kunlarda Toshkentda yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni kunlarda Toshkent shahrida yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida U18 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning bugungi dasturida o‘zbekistonlik sportchilar ishtirok etdi.
Sharifa Davronova bellashuvning uch hatlab sakrash dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirib, jamoaga ilk oltin medalni taqdim etdi.
Eʼtiborlisi, Davonova besh urinishni xato bajarib, yagona — oltinchi urinishda ushbu natijani qayd etgan.








