O'zbekiston

Rigina Adashbayeva og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida 2 ta medalli bo‘ldi

Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Rigina Adashbayeva og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida 2 ta medalli bo‘ldi

 

Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun  muvaffaqiyatli  ortda qoldi, deya xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi.

 

Kecha, 11 may kuni  ayollar o‘rtasida -87 kg vazn toifasida kechgan bahslarda ishtirok  etgan Rigina Adashbayeva kumush va bronza medallarini  qo‘lga kiritdi.

 

Rigina og‘ir  atletikaning dast ko‘tarish mashqida 103 kilogramm natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Siltab ko‘tarishda esa 127 kilogramm og‘irlikdagi  toshni  o‘ziga  bo‘ysundirib  to‘rtinchi natijani qayd etdi. Ikki kurash natijasi bo‘yicha 230 kilogramm og‘irlikni  ko‘rgan sportchi shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

 

Ushbu  vaznda  ikki  kurash  natijasiga  ko‘ra, qitʼa chempionatining oltin medali  Xitoy Taypeyi vakilasi  Ying-Yuan Lo  nasib  etdi, Janubiy Koreya sportchisi  Xa-Je Yun esa  kumush  medalni qo‘lga  kiritdi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Rigina Adashbayeva og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida 2 ta medalli bo‘ldi | Zamon.uz