Bahodir Jalolov ham jahon chempioni bo‘ldi
U kubalik raqibiga qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alaba qozondi.

Ayni paytda Toshkent shahridagi Humo Arena sport majmuasida boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
+92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov JCH finalida kubalik Alexandro Arzola Lopesga qarshi ringga ko‘tarildi va g‘alaba qozondi.
Shu tariqa sportchi Jahon chempionatidagi uchinchi oltin medalni terma jamoa hisobiga qo‘shib qo‘ydi.








