Toshkentda yugurish musobaqalari o‘tkazilishi sababli bir necha ko‘chalar yopiladi
Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

Toshkent shahar hokimligining xabar berishicha, 30-iyun «Yoshlar kuni» munosabati bilan 25-iyun kuni «Yangi nafas», «Vatan qalqoni» ommaviy yugurish musobaqalari hamda Xalqaro olimpiya kuniga bag‘ishlangan «Olympic day» musobaqasi o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan poytaxtdagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi:
-
23-iyun kuni soat 00:00 dan 25-iyun kuni soat 10:00 gacha;
-
Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
-
25-iyun kuni soat 5:00 dan soat 8:00 gacha;
-
Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob va Oybek ko‘chalari bo‘ylab Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasigacha;
-
Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Rim katolik cherkovigacha.
Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.







