Futzal bo‘yicha Jahon chempionati O‘zbekistonda bo‘ladi
Bu haqda qaror FIFA Kengashi yig‘ilishida qabul qilindi.

Bugun, 23 iyun kuni FIFA Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar bermoqda.
Kun tartibidan FIFA miqyosidagi bir qator musobaqalar, xususan, Futzal va futbol bo‘yicha jahon birinchiligi musobaqalariga mezbon mamlakatlarni belgilash masalalari o‘rin oldi.
Qayd etilishicha, 2024 yilgi Futzal bo‘yicha jahon chempionati musobaqasi O‘zbekistonda o‘tkazilishi belgilandi. Mamlakat FIFA tasarrufidagi Jahon chempionatiga birinchi bor mezbonlik qiladi.








