Samarqand yo‘llaridagi o‘ylar

Mashinada to‘xtadi: sal narida polietilen chiqindi sochilib yotibdi, undan narida suv idishlar. Kimdir mashinasidan tushib, nos tuflaydi, boshqasi esa... Hafsalam pir bo‘l, ona tabiatga yordam bergim keldi, ammo...

Samarqand yo‘llaridagi o‘ylar

Bahor moʻjizasi tashrifini bildirib kelgani uchun tatimli. Har shoxda gul, har o‘ngir ko‘m-ko‘k. Toshni yorib gul unadi. Eng birinchi ochiladigan mitti ko‘k gullardan tortib, boychechak, lola va qizg‘aldoqqacha davom etadi bu go‘zallik.

 

Shu kunlarda Samarqandga bordim. Yo‘lovchi mashinada talaba qizlar hamrohligida ketyapman. Haydovchi tabiatga hamohang qo‘shiq qo‘ydi:

 

Chaman kulsin hatto toshlardan...

 

Yo‘llar... yo‘llar, buncha go‘zallikni o‘ziga sig‘dirmay bodrab ketganga o‘xshaydi. Chinozdan boshlab Jizzaxgacha laylaklarni tomosha qilib ketdim. Xuddi, uy ko‘tarib tozalangan kelinchak kabi qushlar ham inlarini sozlash bilan ovora. Sardoba yaqinida tuyachilik bilan shug‘ullanadiganlar yo‘l bo‘yida o‘rkachlilarni boqib yuripti. Odamlar mashinadan tushib tuyalarga o‘t berib, silab rasmga tushyapti. Istaganlar sutini sotib olishi mumkin. Ozgina yurib, otlar, toychoqlarni ko‘rdim. Buncha go‘zal bo‘lmasa, Allohning bu yaratiqlari. Qo‘y-qo‘zilar-ku, shaharda toshdevor ichida o‘sgan mening bolalarimga moʻjizaning o‘zi. Qishloqqa borsa, o‘pib-erkalab qo‘ymaydi. Shundoq yo‘l chetidagi yashillik, gullagan, g‘unchalagan daraxtlar ko‘zni oladi. Haydovchi sheriklarim iltimosiga binoan hali daraxtzorda, hali tuyalar oldida to‘xtaydi. Qizlar sochiga chambarak qilib taqishga momaqaymoqning sariq gullarini terib keldi. Men shundoq o‘sib turgan yalpizlarni uzgim keldi... Biroq... sal narida polietilen qopchiqda chiqindi sochilib yotibdi, undan narida suv idish... Kimdir mashinasidan tushib, nos tuflaydi. Hafsalam pir bo‘lib termadim. Haydovchi kutsa ekan yashillangan qirga chiqib ketsam... Bu yog‘i safar. Endi mashina oynasidan kuzatib boraveramiz. Har qadamda go‘zallik ustiga tortilgan qora chiziq bo‘lib, chiqindilar, bir martalik idishdan tortib, yelim qop, namsochiq, har nima бор...

 

Bir gal qishloqqa borsak ukamning sigiri kasal bo‘lib qolibdi. Veterinar shifokor kelib ko‘rdi. So‘yishni maslahat berdi. Ukam molni so‘ysa, oshqozonidan rezina qo‘lqop chiqibdi. Yaqinda olgan moliga, uning bolasiga, ketgan puliga achinib qolaverdi ukam...

 

Yo‘l bo‘yida o‘tlab yurgan jonivorlarga qarab, uzoqroq ketinglar, bu yerda adashib biron nima yeb qo‘ymanglar, degim keladi. Shamol esa qora qopchalarni baland-baland uchiradi. O‘zimiz sutini ichib, go‘shtini isteʼmol qiladigan chorvaga shunday zarar yetkazyapmiz. Hayvonot olami-ku bir parcha. Butun borliq tabiatni abgor qilishda munosib hissa qo‘shyapmiz.

 

Shunday go‘zal fasl, chiroyli manzarani qanday “oltin qo‘llar” buzar ekan-a!?

 

To‘g‘ri, yo‘llar yomon. Ayniqsa, yog‘ingarchiliklar katta trassa yo‘lni qiynab yuborgan. 24 soat qatnov tinmaydigan bu manzillar bayram va dam olish kunlari yana-da serqatnov bo‘ladi. Afsuski, yana-da chiqitlar ko‘payadi.  Shu o‘rinda bir mulohaza: biz doim muammolar uchun katta-katta idora rahbarlarini ayblaymiz. Yo‘llar abgor, to‘g‘ri. Uzoq yurish judayam azob. Ammo o‘zimiz qo‘limizdan keladigan ishlar bor-ku. Bunga masʼul idoralar qaramasa ham o‘zimiz eʼtiborli bo‘lsak, olam guliston. Yo‘l-yo‘lakay ozoda hojatxonalar tekin xizmat qiladigan bo‘libdi. Chiqindilarni mashina yoqilg‘i uchun to‘xtaganda chiqit idishlarga tashlasa bo‘ladi. Shu o‘rinda gaz quyish shoxobchalaridagi sarishtalik, tartibni aytib o‘tish joiz. Masʼullar atrofni chinni-chiroq qilib tutishadi. Do‘kondoru xizmatchilar tozalikni nazorat qiladi. Yo‘lovchilar esa... suvi dish bo‘shadimi, uloqtirish kerak. Ermak mahsulotlar qog‘oziyu chiqitini gapirmasa ham bo‘ladi. Pista po‘choqlarini ko‘rib, nima deyishni ham bilmayman.

 

Tabiat insoniyat bilan olishib nafas olyapti. Yo‘l chetida daraxtlar shoxiga nimadir ilinib qolsa ham qiyg‘os gullagan. Biz tashlagan chiqitlar orasidan yashil maysalar bo‘y ko‘rsatgan... Xullas, bu olishuvda nima bo‘lmasin biz yengilamiz. Avlodlarga necha yuz yildayam chirib ketmaydigan chiqitli dalalar, bog‘lar qoldirmaylik.

 

Hozir mamlakatmizda daraxt ekish hasharlari chiroyli uyushtirilyapti. Davlatimiz rahbari bosh-qosh bo‘lib, daraxt ekdi. Bu aksiyalarda ko‘proq yoshlar ishtirok etyapti.  Bu tashabbuslar yoshlar ona tabiatning qadriga yetishi uchun, eʼzozlashi uchun uyushtirilyapti. Xonadonlarda, mahallalarda ishlar qizg‘in. Hamma o‘z hovlisini eʼzozlagani kabi ko‘chalar, bog‘u rog‘larni ham qadriga yetsa, chiqit tashlamasa qanday go‘zal.

 

Shu zamin o‘zimizniki, uning gulu giyohi bizga neʼmat. Dalalarning xush ifori, tog‘u qirlarning ko‘z to‘ymaydigan go‘zal manzarasi to‘rt fasldayam go‘zal aslida. Bahor baribir chiroyini yal-yal qilib kelgani uchun tez bilinadi. Bu go‘zallikka o‘zimiz qora tortmaylik, aziz yurtdoshim.

 

Manzura SHAMS

 

 

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi islohotlar Google Pay’ning mamlakatda ishga tushishiga yo‘l ochganini ta’kidladi.

Bosniyada harbiy vertolyot quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

Bosniyada harbiy vertolyot quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

Yevropa Ittifoqining tinchlikparvar kuchlariga tegishli vertolyot o‘quv parvozi vaqtida qulagan.

Sun’iy intellekt pul ishlash uchun kripto-birjalarni buzishi mumkin — Ilon Mask

Sun’iy intellekt pul ishlash uchun kripto-birjalarni buzishi mumkin — Ilon Mask

Ilon Mask Binance kripto-birjasiga qilingan xakerlik hujumi ortidan sun’iy intellektning kelajakdagi imkoniyatlari va xavflari haqida fikr bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Anqaradagi amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Anqaradagi amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

Tashrif davomida Erdog‘an bilan uchrashuv, Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti va biznes muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

Koreya bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida O‘zbekistonda ekologik toza qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda.

Rossiya turkiy davlatlar tashkilotiga qo‘shiladimi? Toqayev taklif bilan chiqdi

Rossiya turkiy davlatlar tashkilotiga qo‘shiladimi? Toqayev taklif bilan chiqdi

Anqarada o‘tgan TDT sammitida Qozog‘iston prezidenti Rossiyani tashkilotga kuzatuvchi sifatida taklif qilish tashabbusini ilgari surdi.

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Ayolning o‘limi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

Eng ko‘p mablag‘ Buxoro va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.