Sirdaryoda 3 nafar egizak chaqaloq dunyoga keldi
Hozirda ona va chaqaloqlarning ahvoli yaxshi.

Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialida 3 nafar egizak chaqaloq tug‘ildi. Bu haqida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Boyovut tumani “Bunyodkor” mahallasida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan ona 3 nafar farzandni dunyoga keltirgan.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning vazni: birinchi o‘g‘il bola — 1 kg 920 gr, ikkinchi o‘g‘il bola — 2 kg 710 gr, qiz bola — 2 kg 830 gr.
Hozirda ona va chaqaloqlarning ahvoli yaxshi, ular shifokorlar nazoratida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida ham 3 nafar egizak chaqaloq (ikki o‘g‘il, bir qiz) tug‘ilgani haqida xabar berilgandi.







