Jahon

Rossiyalik alpinist Natalya Nagovitsinaning halok bo‘lgani rasman e’lon qilindi

Nagovitsina 12-avgust kuni oyog‘ini sindirib, 7200 metr balandlikda qolib ketgan edi.

Rossiyalik alpinist Natalya Nagovitsinaning halok bo‘lgani rasman e’lon qilindi

Qirg‘iziston alpinizm va toqqa chiqish federatsiyasi prezidenti Eduard Kubatov ma’lum qilishicha, rossiyalik alpinist Natalya Nagovitsina vafot etgan deb rasman e’lon qilindi.

 

2-sentabr kuni dron yordamida ikki marotaba amalga oshirilgan qidiruv jarayonlarida Nagovitsinaning hayot izlariga duch kelinmadi. Shundan so‘ng qutqaruv operatsiyasi to‘xtatilgani bildirildi.

 

47 yoshli sportchi 12-avgust kuni “G‘alaba” cho‘qqisidan (7439 metr) tushish vaqtida oyog‘ini sindirib, 7200 metr balandlikda qolib ketgan. Uning yonida faqat oz miqdorda suv zaxirasi bo‘lgan.

 

Nagovitsinani qutqarish uchun uch marta urinish qilingan, biroq barchasi muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Ulardan biri davomida italiyalik alpinist Luka Sinijiglye ham halok bo‘lgan.

 

Kubatovning ta’kidlashicha, tarix davomida “G‘alaba” cho‘qqisida birorta ham muvaffaqiyatli qutqaruv amaliyoti o‘tkazilmagan. Bu cho‘qqi O‘rta Osiyodagi eng xavfli va murakkab ko‘tarilish yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Rossiyalik alpinist Natalya Nagovitsinaning halok bo‘lgani rasman e’lon qilindi | Zamon.uz