O'zbekiston

Angrendagi mudhish YTHda 11 kishi halok boʻlgan

Fargʻona viloyati hokimining farmoyishida halok bo‘lganlar soni oshgani qayd etildi.

Angrendagi mudhish YTHda 11 kishi halok boʻlgan

Angrenda 7-sentabr kuni yuz bergan mudhish yo‘l-transport hodisasi oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov imzolagan farmoyishda ma’lum qilindi.

 

Farmoyishga ko‘ra, YTH oqibatida 6 kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ichki ishlar vazirligi dastlabki axborotida 7 kishi halok bo‘lgani, yana 5 nafari shifoxonaga joylashtirilgani, 4 nafariga esa tibbiy yordam ko‘rsatilgach, uyiga javob berilgani haqida xabar berilgandi.

 

Viloyat hokimligi halok bo‘lganlarning oila a’zolariga moddiy, psixologik va boshqa yordam ko‘rsatish, dafn marosimlarini tashkil etish choralarini belgilab berdi. Jarohat olganlarga Angren shahar tibbiyot birlashmasida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

 

Ma'lumot uchun, hodisa 7-sentabr kuni soat 12:20 da Angren hududidan o‘tgan A-373 Toshkent–Oʻsh xalqaro avtomobil yo‘lida yuz bergan. Sement ortilgan yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, temiryo‘l kesishmasida to‘xtab turgan 2 ta yuk mashinasi va 5 ta yengil avtomobilga urilgan. To‘qnashuv oqibatida yong‘in chiqib, odamlar halok bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

custom img

Rossiya O‘zbekistondan bir necha turdagi sabzavot va mevalar olib kirishni chekladi

Cheklov fitosanitariya qoidalarini eng ko‘p buzgan beshta o‘zbekistonlik eksportchiga nisbatan joriy etildi.

custom img

O‘zbekistonga sayohatlarga qiziqish 54 foizga oshdi — Expedia Group

O‘zbekistonga sayohatni bron qilgan sayyohlar soni o‘tgan yilning iyun oyiga nisbatan 45,6 foizga, xarid qilingan aviachiptalar soni 23 foizga oshdi.

custom img

Prezident hokimlarga go‘sht importi bo‘yicha aniq reja tuzishni topshirdi

Go‘shtni samolyotda olib kelish bo‘yicha imtiyoz yil yakunigacha uzaytiriladi.

custom img

Tadbirkorlar uchun jarimalar va to‘lovlar kamaytirilishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev nazorat qiluvchi organlarga tadbirkorlarga kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashish zarurligini ta’kidlab, jarimalar, to‘lovlar va yig‘imlarni qisqartirish bo‘yicha topshiriq berdi.

custom img

Toshkentda Bo‘zsuv kanalida bir kishi cho‘kib ketib, halok bo‘ldi

Marhumning jasadi cho‘kib ketganidan qariyb besh soat o‘tib topildi.

custom img

Toshkentdagi “Moviy gumbazlar” kafesi dastlabki qiyofasiga qaytariladi

Madaniy meros agentligi birinchi o‘rinbosari “Moviy gumbazlar” kafesi muallifi — taniqli me’mor Vil Muratov bilan birgalikda madaniy meros obyektini ko‘zdan kechirdi.

custom img

OAVda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun “Atirgul – 2026” tanlovi e’lon qilindi

Tanlovga nomzodlar bo‘yicha tavsiyanomalar 2026 yilning 20 iyulidan 20 avgustigacha qabul qilinadi. Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi arafasida e’lon qilinadi.

custom img

Belarusdagi O‘zbekiston elchisi lavozimidan ozod etildi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev qator davlatlardagi elchilar faoliyati tanqid qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"