Jahon

Rubio: AQSh Afg‘oniston fuqarolari uchun vizani to‘xtatdi

Davlat kotibi bu qarorni xavfsizlik nuqtai nazari bilan izohladi.

Rubio: AQSh Afg‘oniston fuqarolari uchun vizani to‘xtatdi

 

AQSh hukumati Afg‘oniston fuqarolariga vizani to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi deydi TASS nashri.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Donald Trampning ma’muriyati afg‘on pasportiga ega barcha sayohatchilarga vizani to‘xtatdi. “Qo‘shma Shtatlar uchun mamlakatimiz va xalqimizni himoya qilishdan muhimroq vazifa yo‘q,” — dedi Rubio.

 

Avvalroq AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmati (USCIS) chet elliklar uchun boshpana so‘rovlarini vaqtincha ko‘rib chiqishni to‘xtatgan edi. Tramp ma’muriyati shuningdek, mamlakatga kelgan boshpana izlovchilarni deportatsiya qilishni va uchinchi dunyo davlatlaridan odamlarni qabul qilishni noma’lum muddatga to‘xtatishni rejalashtirmoqda.

 

Shu kunlarda Vashington markazida sodir bo‘lgan qurolli hodisa ortidan xavfsizlik choralarining kuchaytirilgani ma’lum bo‘ldi. 26-noyabr kuni Admiral Devid Farragut bog‘i yaqinida yuz bergan otishmada bir kishi fuqaro va Milliy gvardiyaning ikki askari jarohat oldi, keyinchalik askarlardan biri vafot etdi. Gumonlanuvchi 2021-yilda Afg‘onistondan AQShga kelgan shaxs sifatida aniqlangan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rubio: AQSh Afg‘oniston fuqarolari uchun vizani to‘xtatdi | Zamon.uz