Kambodja-Tailand chegarasida otishma yuz berdi
27-dekabr kuni Kambodja-Tailand sulhni tiklashga kelishib olgan edi.

Tailand qo‘shma matbuot markazi xabariga ko‘ra, 6 yanvar kuni Kambodja qo‘shinlari Ubon Ratchathani provinsiyasidagi Tailand pozitsiyalarini minomyotdan nishonga olib, mavjud sulhni buzgan. Hodisa soat 7:25 da sodir bo‘lgan va natijada bir Tailand askari shrapnel jarohati olgan. Bu haqda Qirollik Qurolli Kuchlari va Tashqi ishlar vazirligi ham bayonot berdi.
Eslatib o‘tamiz, Kambodja va Tailand 27-dekabr kuni chegara hududida sulhni tiklashga kelishib olgan edi.
Chegara mojarosining avj olishi esa 7-dekabrda sodir bo‘lgan otishma bilan boshlangan. 8-dekabr kuni Tailand quruqlikdagi kuchlari Kambodja pozitsiyalarini artilleriya o‘q bilan nishonga olganini xabar qilgan. Bunga javoban Tailand havo kuchlari Kambodja harbiy infratuzilmasiga zarba bergan.
So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlarda 23 Tailand askari halok bo‘lgan, Kambodja tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra esa 31 tinch aholi vakili halok bo‘lgan va kamida 87 kishi yaralangan.







