O'zbekiston

Farg‘onada ko‘cha bezoriligi bilan shug‘ullangan 15 kishi hibsga olindi

Ular voyaga yetmagan yigitni dala maydoniga olib borib, haftasiga 500 dollar berishini talab qilgan va pul bermagan taqdirda o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Farg‘onada ko‘cha bezoriligi bilan shug‘ullangan 15 kishi hibsga olindi

 

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida ko‘cha bezoriligi bilan bog‘liq bir qator jinoyatlar fosh etildi. Joriy yilning 17–19-yanvar kunlari sodir bo‘lgan holatlar yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan tezkor choralar ko‘rildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Aniqlanishicha, 17-yanvar kuni Qo‘qon shahrida yashovchi shaxs bir guruh tarafdorlari bilan voyaga yetmagan yigitni Uchko‘prik tumanidagi dala maydoniga olib borib, undan haftasiga 500 AQSh dollari talab qilgan. Jabrlanuvchi pul bermagan taqdirda o‘ldirish bilan tahdid qilingan. Shuningdek, unga turli tan jarohatlari yetkazilib, yonidagi 200 dollar zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan tortib olingan.

 

Mazkur holatdan xabar topgan voyaga yetmagan shaxsning tanishi ham o‘z tarafdorlari bilan qarshi guruh bilan Qo‘qon shahrining Alisher Navoiy mavzesi va Salang ko‘chalarida uchrashgan. Tomonlar o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida o‘zaro tan jarohatlari yetkazilib, shaxslar hodisa joyidan yashiringan.

 

19-yanvar kuni esa birinchi guruh yetakchisi o‘n nafarga yaqin tarafdorlari bilan ikkinchi guruh yetakchisini Qo‘qon shahri bo‘ylab qidirishga tushgan. Ular qora rangli Spark rusumli avtomashinada harakatlanayotgani aniqlanib, qasddan avtomashina bilan urib to‘xtatilgan. Avtomashinadagilar qochib ketgan bo‘lsa-da, transport vositasiga sovuq qurollar yordamida jiddiy zarar yetkazilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 25 nafar shaxs aniqlanib, tergovga jalb etildi.

 

Ularning 15 nafari Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi asosida ushlangan. Shuningdek, 3 nafar shaxsga sud tomonidan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Ayni paytda jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Xivada 12,3 gektarlik xalqaro turistik shaharcha barpo etiladi

Majmuada mehmonxonalar, muzey, restoranlar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi.

custom img

Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududlarni almashish bo‘yicha keyingi qadamlarni kelishib oldi

Hududlarni almashish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzdi. Guruh aholi fuqaroligi, ko‘chirish, mulkiy huquqlar, yerdan foydalanish va ijtimoiy himoya masalalarini hal qiladi.

custom img

Xorazm viloyatida 176 million dollarlik 12 ta loyiha ishga tushirildi

Yangi loyihalarni ishga tushirish marosimi Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

custom img

Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochildi

Majmuani qurish va jihozlash uchun davlat budjetidan 140 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bu yerda 120 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"