O'zbekiston

“Choy tarqatasan deyishgandi” — urush tuzog‘iga ilingan yigit

Yana bir o‘zbekistonlik narkotik ortidan qamalib, Rossiya armiyasiga yollandi. Sud hujjatiga ko‘ra, yigit Moskvada andijonlik ayol bilan tanishib, undan ish so‘ragan. Ayol hamyurtiga choy tarqatishini, bu uchun milliy valyutada o‘rtacha 6 mln so‘m berilishini aytgan. Taklifga rozi bo‘lgan yigit “pochta”ni olib, taksiga o‘tirgan. Ushbu jarayonni ayolning sherigi rasmga tushirgan. Yigit bundan xabar topib, mashina oynalarini sindirib tushib ketgan. Biroq, uni 3 kishi ushlab, politsiyaga olib borgan.

“Choy tarqatasan deyishgandi” — urush tuzog‘iga ilingan yigit

 

 

Samarqandda Rossiya armiyasiga yollangan yigit jinoiy jazoga tortildi. Zamon.uz sud hujjati bilan tanishdi.

 

Sud hukmida keltirilishicha, Payariq tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan A.A. 2019 yil noyabr oyida Moskva shahriga kelgan. U 2021 yilgacha amakisi bilan birga vanna ishlab chiqaruvchi zavodda ishlagan. Shu orada ular o‘rtasida nizo chiqqan va yigit Sochi shahriga ketgan. U yerdan ish topolmagach, Moskvaga qaytgan hamda yoshi 40 yoshlar atrofida bo‘lgan ayol bilan tanishgan.

 

“Andijonlik ‘Masha‘ ismli yengiltabiyat ayol bilan tanishib qoldim. U menga choy tarqatish kerakligini, buning evaziga 30–40 ming rubl miqdorida pul berilishini, ish esa xavfsiz ekanini aytdi. Shundan so‘ng rozi bo‘ldim. U meni Kolomna shahriga jo‘natdi. U yerda meni 30 yoshlar atrofidagi andijonlik Husniddin ismli shaxs kutib oldi. U menga paket berib, boshqa shaharga olib borishim kerakligini aytdi va o‘zi taksi chaqirib berdi. Mashinaga o‘tirdim. U taksi turgan joyni rasmga oldi. Shundan so‘ng men mashina oynalarini sindirib tushib ketdim. Yo‘lda meni uch kishi ushlab oldi. Nima bo‘layotganini tushunmadim. Ular meni politsiyaga olib borib, paketni tekshirishdi. Ichidan sariq rangli moddani chiqarib, meni vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirishdi”, — deydi yigit suddagi ko‘rsatmasida.

 

2022 yil yanvar oyida A.A.ga Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 4-qismi (giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi) bilan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shundan so‘ng u Sverdlovsk viloyati, Nijniy Tagil shahridagi 5-sonli jazoni ijro etish muassasasiga joylashtirilgan. 

 

“U yerda o‘zbekistonliklar ko‘p edi. Men Samarqand shahrining ‘Kaftarxona‘ mahallasida yashovchi O‘lmas ismli shaxs bilan tanishdim. Qamoqxonadagi mebel ishlab chiqarish sexida u bilan birga ishladim. Tartib-qoidalarni buzganim uchun bir necha marotaba izolyatorga joylashtirishdi. Haftada bir marta oila aʼzolarim bilan gaplashib turardim. U yerda 10 pachka sigareta evaziga bo‘yin va qo‘llarimga tatuirovka chizdirdim. Jazo o‘tash davomida JIYEM tezkor bo‘limi boshlig‘i Aleksey men bilan bir necha marta uchrashib, harbiy xizmatga bir yillik shartnoma tuzishni taklif qildi. Har safar rad javobini berdim”, — deydi u.

 

A.A. shartnoma muddati tugagandan keyin ham harbiy xizmatdan chiqishga ruxsat berilmasligini eshitib, takliflarga rozi bo‘lmagan. Shuningdek, Aleksey shartnomaga imzo qo‘ymasa, yana 10 yilga qamalishini va izolyatorda saqlanishini aytgan. 2025 yil 26 sentyabr kuni xodimlar A.A. saqlanayotgan izolyatorga kelib, uni urushga yuborilishini maʼlum qilishgan.

 

“Menga bildirmasdan, izolyatorda bo‘lganim haqidagi hujjatlar orasida harbiy xizmat o‘tash bo‘yicha shartnomaga imzo qo‘ydirib olishgan, deb o‘ylayman. Shu kuni meni va yana 57 nafar shaxsni samolyotda Donesk shahriga jo‘natishdi. U yerda 57-sonli harbiy qismga joylashtirishdi, keyin guruhlarga ajratishdi. Bizning guruhga ‘Chujoy‘ laqabli, millati tatar bo‘lgan shaxs rahbarlik qildi. Menga ‘Samuray‘ pozivnoyi berildi va AK-74 avtomati biriktirildi”, — deydi yigit.

 

Dastlab A.A. nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartaga 2 million rubl (319 million so‘m) pul o‘tkazilgan. Guruh aʼzolari mototsikl, dron va kiyim-kechak bilan taʼminlangan. Payariqlik yigit asosan mototsiklda front yaqiniga suv va oziq-ovqat tashish bilan shug‘ullangan.

 

“Oziq-ovqatni harbiy qismdan olib, front chizig‘idan 5–6 kilometr uzoqlikka yetkazib qo‘yar edim. Bir kuni frontdan qaytishimda yo‘lni bilmay adashib qoldim. Ratsiya orqali xabar berdim, xizmatchi yuborishdi va qismga qaytdik. O‘z xohishim bilan qaytganim uchun komandirlar ishonch bildirishdi. Keyin Donesk shahridagi harbiy bazadan suv va oziq-ovqat olib kelish vazifasini yuklashdi. 2025 yil 24 oktyabr kuni tojikistonlik Ramazon bilan ‘garaj‘ tomon yo‘l oldik. Yomg‘ir yog‘ayotgani sabab harakat qiyin bo‘ldi. Yo‘lda mototsiklim minaga urilib portladi. Oyog‘imga temir parchasi kirdi, ammo boshqa jarohat olmadim. Keyin pichoq bilan mina parchasini chiqarib tashladim”, — deydi u.

 

Shundan so‘ng A.A. sherigining mototsikliga minib, “garaj”ga kirmasdan Donesk shahri tomon yo‘l olgan. Transport vositasini shaharga yetmasdan ustaxonada qoldirishgan. Ular Doneskda kvartiraga joylashib, Moskvaga olib boradigan odam qidirishgan. Ikkalasi ushbu shaharda yashovchi, millati ukrain bo‘lgan erkak bilan 3 million 400 ming rubl (544 million so‘m) evaziga kelishib, Rossiya poytaxtiga yetib olishgan. Shundan keyin A.A. O‘zbekiston konsulligiga murojaat qilib, bo‘lgan voqealarni bayon etgan va yordam so‘ragan. Natijada u 2025 yil 9 noyabr kuni Vatanga qaytgan.

 

JIB Payariq tuman sudining 2026 yil 19 yanvar kuni chiqargan hukmi bilan A.A.ga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Uning ish joyiga borishi va uyiga qaytishi uchun zarur vaqtdan tashqari hollarda yashash joyidan chiqishi taqiqlandi.

 

Eslatib o‘tamiz, yaqinda urushga yollangan namanganlik yigit haqida ham xabar bergan edik.

custom img

AQShdan deportatsiya qilingan 26 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

Reys ikki davlat idoralari hamkorligida tashkil etildi.

custom img

Toshkentda “podyezd”da giyohvandlik vositasi iste’mol qilingan erkak va ayol aniqlandi

Ular yo‘lakda odam yo‘qligidan foydalanib, giyohvandlik vositasini iste’mol qilgan va so‘ng voqea joyini tark etgan.

custom img

Prezident o‘zbekistonlik askarni o‘z uyida yashirgan britaniyalik er-xotinni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

Le Bretonlar urush yillarida fashistlar konslageridan qochib chiqqan o‘zbekistonlik askarning hayotini saqlab qolgan.

custom img

Farg‘onadagi tibbiyot texnikumida ayol o‘qituvchilar o'zaro janjallashdi

Mojaro natijasida bir kishi jarohat olib, hodisa yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

custom img

IT eksportini 5 mlrd dollarga yetkazish va 300 ming yoshni band qilish rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev sunʼiy intellekt va raqamlashtirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekistonda olis hududlarda xususiy klinikalar ochish uchun kredit ajratiladi

2026-yil 1-iyuldan tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash tartiblari kuchaytiriladi.

custom img

Namanganda 24 maydan 12-iyulgacha 65-xalqaro gullar festivali o‘tkaziladi

Festival davomida Namangan 100 milliondan ortiq gul bilan bezatiladi.

custom img

O‘zbekistonda energetika tizimi tashkil topganiga 100 yil bo‘ldi

Energetika vaziri soha xodimlariga tabrik yo‘lladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"