Xo‘jali genotsidi: tarix sabog‘i va adolat talabi
Xo‘jali qirg‘ini Armaniston tomonidan uzoq yillar davomida Ozarbayjon Respublikasiga qarshi olib borilgan etnik tozalash va tajovuz siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgan. Qirg‘in vaqtida 613 nafar kishi, jumladan 106 nafar ayol, 63 nafar bola va 70 nafar keksalar o‘ldirilgan, turli yoshdagi 1 000 nafar tinch aholi o‘q jarohatlari natijasida nogiron bo‘lib qolgan.

1991-yil oktabr oyida 7 000 nafar aholi yashagan Xo‘jali shahri Armaniston Respublikasi (AR) qurolli kuchlari tomonidan to‘liq qamal qilindi, 1992-yil 26-fevralda esa arman harbiy bo‘linmalari ozarbayjon xalqiga qarshi genotsid aktini amalga oshirdi.
Xo‘jali qirg‘ini vaqtida 613 nafar kishi, jumladan 106 nafar ayol, 63 nafar bola va 70 nafar keksalar o‘ldirildi, turli yoshdagi 1 000 nafar tinch aholi o‘q jarohatlari natijasida nogiron bo‘lib qoldi. Sakkizta oila butunlay yo‘q qilindi, 25 nafar bola har ikki ota-onasidan, 130 nafar bola esa ota-onasidan biridan ayrildi. Fojia kechasida 1 275 nafar tinch aholi asirga olindi, ulardan 150 nafarining taqdiri hozirgacha noma’lum.
Taxminan 2 500 nafar shahar aholisi muqarrar o‘limdan qutulish maqsadida Ag‘dam yo‘nalishida harakatlandi. Biroq arman qurolli kuchlari himoyasiz odamlarga nisbatan ayovsiz ravishda o‘t ochdi.
Rossiyaning “Memorial” huquqni himoya qilish markazi ma’lumotiga ko‘ra, to‘rt kun davomida faqat Ag‘damga Xo‘jalidan 200 nafar ozarbayjonlikning jasadi olib kelingan, o‘nlab jasadlar ustidan tahqirlash holatlari qayd etilgan. Ag‘damda 181 nafar jasad — 130 erkak va 51 ayol — sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, 151 nafar shaxs o‘q jarohatidan, 20 nafari parcha jarohatlaridan halok bo‘lgan, 10 nafar kishi esa o‘tkir bo‘lmagan buyumlar bilan urib o‘ldirilgan. Huquqni himoya qilish markazi tomonidan tirik odamlarning skalp qilinishi holatlari ham qayd etilgan.
Bularning barchasi arman harbiylari tomonidan alohida shafqatsizlik va tasavvurga sig‘maydigan vahshiylik bilan amalga oshirilgan. Shaharga hujumda Xankendida joylashgan sobiq Sovet armiyasining 366-polki harbiy xizmatchilari ham ishtirok etgan.
Xo‘jali qirg‘ini Armaniston tomonidan uzoq yillar davomida Ozarbayjon Respublikasiga (AR) qarshi olib borilgan etnik tozalash va tajovuz siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgan. Genotsid sodir etilishi uchun javobgarlik bevosita o‘sha davrdagi harbiy-siyosiy rahbariyat zimmasiga yuklanadi.
1994-yilda o‘sha davrdagi Prezident Haydar Aliyev tashabbusi bilan Milli Majlis “Xo‘jali genotsidi kuni — 26-fevral to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qildi. Hujjatda fojianing sabablari batafsil bayon etilgan hamda aybdorlar belgilangan.
Boku shahrining Xatayi tumanida genotsid qurbonlari xotirasiga “Ona faryodi” monumenti qad rostlagan.
Shuni ta’kidlash joizki, Haydar Aliyev jamg‘armasi Xo‘jali qirg‘ini haqidagi haqiqatlarni jahon jamoatchiligiga yetkazish bo‘yicha tizimli va izchil faoliyat olib bormoqda. Jamg‘arma ko‘magida va tashkiliy yordami bilan genotsidga bag‘ishlangan maxsus loyiha doirasida dunyoning qator mamlakatlarida aksiyalar, tadbirlar turkumi, ko‘rgazmalar va motam marosimlari o‘tkazilmoqda.
Haydar Aliyev jamg‘armasi vitse-prezidenti Leyla Aliyeva tashabbusi bilan boshlangan “Xo‘jaliga adolat!” xalqaro kampaniyasi yil sayin tobora kengayib, samaradorligi ortib bormoqda.







