Jahon

Har qanday tajovuz javobsiz qolmaydi — Eron AQSh va Isroilni ogohlantirdi

Tashqi ishlar vazirligi Isroilga yordam ko‘rsatadigan Yaqin Sharqdagi har qanday baza Eron nishoniga aylanishini ma’lum qildi.

Har qanday tajovuz javobsiz qolmaydi — Eron AQSh va Isroilni ogohlantirdi

 

Eron Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Isroilga nisbatan keskin ogohlantirish bilan chiqib, Isroilga harbiy yoki logistik yordam ko‘rsatayotgan Yaqin Sharqdagi har qanday baza Eron nishoniga aylanishini ma’lum qildi. Bu haqda Eronning rasmiy axborot manbalaridan biri — Tasnim xabar berdi.

 

Bayonotda ta’kidlanishicha, mazkur harakatlar AQSh va Isroil uchun “katta saboq” bo‘ladi. Eron TIV tarixiy tajribaga tayanib, eronliklar hech qachon xorijiy tajovuzga bo‘ysunmaganini va bu safar ham javob qat’iy bo‘lishini qayd etdi.

 

“Eron muzokaralarga ham, o‘zini himoya qilish uchun harbiy choralar ko‘rishga ham tayyor. Turli bahonalar bilan amalga oshiriladigan har qanday hujum javobsiz qolmaydi. Biz hududiy yaxlitligimiz va suverenitetimizni himoya qilish uchun barcha mavjud kuch va resurslarni safarbar qilamiz”, deyiladi vazirlik bayonotida.

 

Shuningdek, Eron BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarni vaziyatga munosabat bildirishga chaqirib, BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolari mojaroni to‘xtatish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi lozimligini ta’kidladi.

 

Ma’lumot uchun, 28-fevral kuni AQSh prezidenti Donald Trump AQSh Isroil bilan hamkorlikda Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng Tehron, Isfahon, Karaj va Kermonshoh viloyatida portlashlar qayd etilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rasmiylarga tabiiy ofat yetkazgan moddiy zarar yuzasidan qariyb 20 mingta murojaat kelib tushgan.

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dengiz orqali yuk tashishdagi uzilishlar, urushlar va qurg‘oqchilik global oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.