O'zbekiston

Toshkentda YPX xodimining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘quvchi BMW’ni olib qochgani aniqlandi

U tanishining opasiga tegishli yuvish shoxobchasida kaliti bilan qoldirilgan BMW rusumli avtomobilni haydab ketgan.

Toshkentda YPX xodimining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘quvchi BMW’ni olib qochgani aniqlandi

 

Toshkent shahri Mirobod tumanida yo‘l-patrul xizmati (YPX) inspektori ishtirokida sodir bo‘lgan og‘ir yo‘l-transport hodisasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Tergov hujjatlariga ko‘ra, 2010-yilda tug‘ilgan, maktabning 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs 25-fevral kuni soat 21:30 larda tanishining opasiga tegishli avtomobil yuvish shoxobchasida kaliti bilan qoldirilgan BMW rusumli avtomobilni haydab ketgan.

 

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi Mirobod tumani Nukus ko‘chasida harakatlanayotgan vaqtida transport oqimini tartibga solish maqsadida to‘xtash ishorasini bergan YPX inspektori Hosilbek Eshnazarovning qonuniy talabiga bo‘ysunmagan. Haydovchilik guvohnomasi hamda transport vositasiga oid hujjatlarga ega bo‘lmagan voyaga yetmagan shaxs javobgarlikdan qochish maqsadida boshqa avtomobillarni keskin aylanib o‘tib, avariyaviy vaziyat yuzaga keltirgan hamda xizmat vazifasini bajarayotgan inspektorni urib yuborgan.

 

Ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramay, YPX inspektori 27-fevral kuni vafot etgan.

 

Dastlabki tergov davomida voyaga yetmagan shaxs harakatlarida transport vositasini olib qochish hamda jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish alomatlari mavjudligi aniqlangan. U Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi va 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvchi sifatida jalb etilgan.

 

Hozirda gumonlanuvchi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan alohida nazoratga olingan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

Musobaqalarda 90 dan ortiq mamlakatdan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev nomiga Mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan xorijdan tabrik maktublari kelmoqda

Xorijiy hamkorlar o‘z maktublarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va xalqaro maydondagi faol rolini yuqori baholagan.

custom img

O‘zbek tilini o‘rganish xalqaro darajaga chiqmoqda

Oksford talabalari uchun O‘zbekistonda Yozgi maktab o‘z ishini boshladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘z tabrigida mamlakat rivoji oldida qator yirik vazifalar turganini ta’kidladi.

custom img

Rossiyadan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Yana 22 nafar bolani O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

custom img

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yong‘in chiqdi

Rekonstruksiya qilinayotgan bino hovlisidagi elektr qutisi yongan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Bishkek shahriga yetib bordi

“Manas” xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Adilbek Qasimaliyev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

O‘zbekistonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yer silkinishi Gazli shahri, Peshko‘ va Jondor tumanida sezilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"