O'zbekiston

BMW urib ketishi oqibatida halok bo‘lgan YPX xodimining oilasiga Toshkentdan uy berildi

Hosilbek Eshnazarovning xotirasiga bag‘ishlab yodgorlik majmuasi ochildi.

BMW urib ketishi oqibatida halok bo‘lgan YPX xodimining oilasiga Toshkentdan uy berildi

Toshkent shahar IIBBda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan kichik serjant Hosilbek Eshnazarovning xotirasiga bag‘ishlab yodgorlik majmuasi ochildi va oilasiga Prezident qarori bilan 3 xonali uy berildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Marosimda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, poytaxt jamoatchiligi, xodimning safdoshlari va oila a’zolari ishtirok etgan. Tadbirda Ichki ishlar vaziri tomonidan Hosilbekning mashaqqatli xizmat faoliyati, jasorati va Prezident tomonidan e’tirof etilganligi ta’kidlangan.

 

Shuningdek, davlat rahbarining tashabbusi bilan Hosilbek “Jasorat” medali bilan mukofotlanib, medal uning otasiga topshirilgan. Eshnazarovlar oilasi bundan tashqari doimiy ijtimoiy himoyaga ega bo‘lishi ta’minlanishi aytilgan.

 

Xabarda qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi 62-maktabda esa xodim xotirasiga yodgorlik o‘rnatiladi.

 

2026-yil 25-fevral kuni Mirobod tumanida voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unov tomonidan avtomashinada urib ketilishi natijasida Eshnazarov halok bo‘lgan. Jinoyat ishi doirasida Turg‘unov Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) va 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bo‘yicha gumon qilinuvchi sifatida jalb etilgan.

 

Sudning 28-fevral kungi ajrimi bilan Turg‘unovga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanib, tergov ustidan nazorat Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.