O'zbekiston

Xorijlik fuqaro O‘zbekistonga sport ozuqasi ko‘rinishida sintetik giyohvandlik moddasini olib kirmoqchi bo‘ldi

Mazkur giyohvand moddalarni qabul qilib olishi kerak bo‘lgan shaxs Bektemir tumanida qo‘lga olingan.

Xorijlik fuqaro O‘zbekistonga sport ozuqasi ko‘rinishida sintetik giyohvandlik moddasini olib kirmoqchi bo‘ldi

Toshkent aeroportida Bishkekdan uchib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi bojxonadan “yashil” yo‘lak orqali harakatlanib, jomadonida sintetik giyohvandlik vositalarini olib kirishga uringani fosh qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

 

Qo‘mita xabarida qayd etilishicha, sport ozuqasi sifatida olib o‘tilayotgan 2 ta qutidagi 684 dona kapsula tarkibida 560,75 gr. “alfa-PVP” sintetik giyohvandlik moddasi mavjudligi aniqlangan.

 

Mazkur jinoyatning tarmoqlarini to‘liq o‘rganish maqsadida Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Natijada giyohvand moddalarni qabul qilib olishi kerak bo‘lgan shaxs ham Bektemir tumanida qo‘lga olingan.

 

“Mazkur shaxsning xonadoni tekshirilganda 114 dona kapsulada taxminan 80 gr. og‘irlikdagi “alfa-PVP” sintetik giyohvandlik moddasi va ularni tarqatish uchun hozirlangan 37 dona o‘ramchalar, 2 gr. og‘irlikdagi “marixuana”, 2 dona o‘ramda 30 gr. og‘irlikda boshqa turdagi sintetik narkotik modda, 4 dona elektron tarozi, izolentalar va zip paketlar mavjudligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olindi”, deyiladi qo‘mita xabarida.

 

Avvalroq, Surxondaryo viloyatida maktab o‘qituvchisining 14 dona o‘ramga joylangan 14 kg. 680 gr. og‘irlikdagi "opiy" giyohvandlik vositasini 180 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingani xabar berilgandi.

 

Hozirda har ikkala holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Xorijlik fuqaro O‘zbekistonga sport ozuqasi ko‘rinishida sintetik giyohvandlik moddasini olib kirmoqchi bo‘ldi | Zamon.uz