Jahon

Isroilning zarbalari oqibatida Bayrutda sakkiz kishi halok bo‘ldi

Isroilning ushbu hujumi suiqasd sifatida baholanmoqda.

Isroilning zarbalari oqibatida Bayrutda sakkiz kishi halok bo‘ldi

Payshanba kuni Bayrutning sohil hududi — Ramlet al-Baydada Isroil tomonidan amalga oshirilgan “double-tap” (ketma-ket ikki zarba) hujumi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 31 kishi yaralandi. Bu haqda Livan Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Al Jazeera ma’lum qildi. 

 

Nashrning yozishicha, Isroilning mazkur harakati navbatdagi suiqasdga o‘xshaydi. Ushbu hududda bombardimonlardan qochib kelgan ko‘chirilgan oilalar vaqtincha boshpana topgan bo‘lgan.

 

“Ramlet al-Baydadagi guvohlarning aytishicha, ular chodirlarida uxlab yotgan paytda qiruvchi samolyotlarning shovqini ularni uyg‘otgan. Keyin portlash bo‘lgan, ular chodirlaridan endi bosh chiqarganlarida esa ikkinchi zarba berilgan”, deyiladi xabarda.

 

Pettning aytishicha, bu hujum yana bir Isroil suiqasd zarbasi bo‘lishi mumkin. U, ayniqsa, odatda nishonga olinadigan hududlardan tashqarida va Isroil evakuatsiya qilishni buyurgan zonalardan ham tashqarida amalga oshirilgani bilan e’tiborni tortmoqda.

 

Livan Milliy axborot agentligi ham Isroil kuchlari mamlakat janubida va boshqa hududlarda amalga oshirgan hujumlar oqibatida yana kamida yetti kishi halok bo‘lganini bildirdi.

 

Livan sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Bayrutdan taxminan 10 kilometr janubda joylashgan Aramoun shahriga Isroil hujumi natijasida uch kishi halok bo‘lgan, bir bola jarohatlangan.

 

Bint-Jbeil tumanidagi Deir Antar shahriga uyushtirilgan Isroil hujumida ikki kishi halok bo‘lgan, olti kishi yaralangan. Yana ikki kishi Maarakah–Tir chorrahasida nishonga olingan to‘rt qavatli binoga zarba berilishi oqibatida halok bo‘lgan.

 

Payshanba kuni ertaroq Tir tumanidagi Burj Shamali hududiga qilingan hujumda bir ona va uning uch o‘g‘li halok bo‘lgan. Baalbek tumanidagi Shaath shahriga qilingan Isroil hujumida esa sakkiz kishi hayotdan ko‘z yumgan.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi hujumlar Livan sog‘liqni saqlash idoralari 28 fevraldan buyon Isroil zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 634 kishiga yetganini ma’lum qilganidan keyin sodir bo‘lgan.

 

Bu paytda Eron va “Hizbulloh” Isroilga qarshi muvofiqlashtirilgan bir nechta zarba to‘lqinlarini amalga oshirgan. Isroil Mudofaa armiyasi esa bu zarbalar qaytarilganini ma’lum qilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.