Jahon

Men Mujtabo Xomanaiyning oʻlganini eshitdim — Tramp

AQSh prezidenti uning hozirgi holati haqida aniq ma’lumot yo‘qligini ta’kidladi.

Men Mujtabo Xomanaiyning oʻlganini eshitdim — Tramp

Donald Tramp Eronning yangi Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy tirikligiga shubha bildirganini ma’lum qildi. Bu haqda u NBC News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

 

AQSh prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Mojtaba Xomanaiyning hozirgi holati haqida aniq ma’lumot yo‘q.

“U tirikmi yoki yo‘qmi, bilmayman. Uni hali hech kim ko‘rsata olmadi. Uning o‘lganini eshitdim. Agar bu rost bo‘lmasa, u o‘z mamlakati uchun juda aqlli qaror qabul qilishi kerak — taslim bo‘lishi kerak”, — degan Donald Tramp.

 

Shu bilan birga, Abbas Aroqchi esa bir kun avval Mujtabo Xomanaiy o‘z vazifalarini bajarishda davom etayotgani va ish faoliyatini normal olib borayotganini bildirgan.

 

12-mart kuni esa The Sun nashri Mujtaba Xomanaiy havo hujumi oqibatida og‘ir jarohat olgani haqida xabar tarqatgan edi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, u bir yoki ikkala oyog‘idan ayrilgan bo‘lishi mumkin va komada ekani taxmin qilinmoqda.

 

Avvalroq Xomanaiyning Rossiyaga davolanish uchun ketgani xabar qilingan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.