Jahon

Eron Ali Larijoniyning o‘limi uchun Isroildan qasos olishini ma’lum qildi

Isroil hujumlari oqibatida Larijoniyning o‘g‘li va uning o‘rinbosari ham halok bo‘lgan.

Eron Ali Larijoniyning o‘limi uchun Isroildan qasos olishini ma’lum qildi

Eron rasmiylari Isroil hujumlari natijasida Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy halok bo‘lganini tasdiqlab, keskin javob qaytarilishini ma’lum qildi.

 

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotiga ko‘ra, Isroilning havo zarbalari oqibatida Larijoniy bilan birga uning o‘g‘li Murtazo hamda xavfsizlik xizmati bo‘yicha muovini Alirizo Bayat ham halok bo‘lgan.

 

Ma’lum qilinishicha, Larijoniy Tehron yaqinidagi Pardis tumanida joylashgan qizning uyida bo‘lgan vaqtda hujumga uchragan. U yerda u o‘g‘li, yordamchilaridan biri va bir necha tansoqchilari bilan birga bo‘lgan.

 

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotida ushbu hodisa “javobsiz qolmasligi” ta’kidlanib, Larijoniy va boshqa halok bo‘lganlar uchun “intiqom” olinishi aytilgan.

 

Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ham mazkur voqeaga munosabat bildirib, aybdorlar qattiq jazolanishini ta’kidladi. 

 

“Eron zaminining shahidlari qoni bilan qo‘llarini bulg‘aganlar muqarrar ravishda jazoga tortiladi”, — dedi Prezident.

 

Ali Larijoniy yadroviy muzokaralar bo‘yicha sobiq vakil va Eron oliy rahbariga yaqin siyosiy arboblardan biri sifatida tanilgan. U so‘nggi bor 13-mart kuni Tehronda o‘tkazilgan Quds kuni tadbirlarida ko‘rinish bergan edi.

 

Shu kuni AQSH tomonidan Eronning yuqori lavozimdagi harbiy va razvedka amaldorlari, jumladan, Larijoniy haqida ma’lumot uchun 10 million dollargacha mukofot e’lon qilingani ham xabar qilingan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron Ali Larijoniyning o‘limi uchun Isroildan qasos olishini ma’lum qildi | Zamon.uz