Jahon

Pokiston va Afg‘oniston Ramazon hayiti arafasida harbiy harakatlarni vaqtincha to‘xtatdi

Harbiy harakatlar 24 martgacha to‘xtatiladi.

Pokiston va Afg‘oniston Ramazon hayiti arafasida harbiy harakatlarni vaqtincha to‘xtatdi

Pokiston va Afg‘oniston chorshanba kuni Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlariga qarshi olib borayotgan harbiy amaliyotlarni vaqtincha to‘xtatishga kelishdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Harbiy harakatlar chorshanba tunidan 23 mart tunigacha to‘xtatiladi.

 

Pokiston Axborot vaziri Attaulla Tararning ta’kidlashicha, mazkur qaror Pokistonning o‘z tashabbusi bilan qabul qilinib, Saudiya Arabistoni, Qatar hamda Turkiya so‘rovi bilan amalga oshirilmoqda.

 

Shuningdek, Vazir har qanday chegara hujumi, dron zarbasi yoki Pokistonda yuzaga keladigan “terrorchilik hodisasi” bo‘lsa, harakatlar yana kuchaytirilishini bildirdi.

 

Bunga javoban, Tolibon ham operatsiyalarni vaqtincha to‘xtatishini e’lon qildi. Tolibon vakili Zabihulloh Mujohid, Ramazon hayiti munosabati va islom davlatlarining iltimosi bilan mudofaa harakatlarini to‘xtatilayotganini ma’lum qildi, biroq har qanday tajovuzga javob berilishini qo‘shimcha qildi.

 

Shu vaqtgacha Pokistonning Afg‘onistonga qarshi harakatlarida 707 kishi halok bo‘lgan. 

 

Kobuldagi giyohvandlikdan tuzatish markaziga qilingan hujum yuzasidan hali ham bahslar davom etmoqda. Afg‘oniston sobiq NATO harbiy bazasi bo‘lgan o‘n yil oldin reabilitatsiya markaziga aylantirilgan binoni Pokiston atayin nishonga olganini bildirmoqda.

 

Pokiston harbiylari esa o‘z bayonotida nishonga olingan obyekt dronlar, dronlarni uchirish uchun uskunalar saqlash joyi sifatida ham foydalanilayotganini va "xabarlarga ko‘ra, Sovet davridagi SCUD raketalari ham saqlangan"ini aytdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Pokiston va Afg‘oniston Ramazon hayiti arafasida harbiy harakatlarni vaqtincha to‘xtatdi | Zamon.uz