O'zbekiston

Toshkentda Ramazon hayiti namozi o‘qilishi sababli masjidlar yaqinidagi ko‘chalar yopiladi

Toshkent shahridagi 119 ta masjid yaqinida transport harakati cheklanadim

Toshkentda Ramazon hayiti namozi o‘qilishi sababli masjidlar yaqinidagi ko‘chalar yopiladi

Toshkent shahrining 119 ta masjid yaqinida Ramazon namozi o‘qilishi munosabati bilan transport harakati cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 20-mart kuni poytaxtimizdagi 119 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda. Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 20-mart soat 00:00 dan 09:00 gacha poytaxtning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi:

 

Mirzo Ulug‘bek tumani: Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi — Shortepa ko‘chasidan Sultoniya ko‘chasigacha;

 

Bektemir tumani: Bektemir Shoh ko‘chasi — X. Bayqaro ko‘chasidan Bektemir Yo‘li ko‘chasigacha, M. Avezov ko‘chasidan X. Bayqaro ko‘chasigacha.

 

Olmazor tumani: Kichik halqa yo‘li — Sag'bon ko‘chasi kesishmasidan Nurafshon–Sagbon chorrahasigacha, Qarasaroy ko‘chasi — Nurafshon ko‘chasi kesishmasidan A. Qodiriy ko‘chasi kesishmasigacha, Sagbon ko‘chasi — Sagbon 12-tor kesishmasidan Keles yo‘li va Noroztepa chorrahasigacha.

 

Shayxontohur tumani: Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi — Nurafshon ko‘chasi kesishmasidan Beshqayrag‘och chorrahasigacha, Bunyodkor–Kamolon chorrahasidan Kamolon–Ustazoda 2-tor kesishmasigacha, Sebzar ko‘chasi — Nurafshon ko‘chasi kesishmasidan Labzak chorrahasigacha;

 

Chilonzor tumani: Al-Xorazmiy ko‘chasi — Hirmontepa chorrahasidan Katta Kani chorrahasigacha, Sugalli ota ko‘chasi — Al-Xorazmiy ko‘chasi kesishmasidan Xonabad 2-tor ko‘chasigacha, Bunyodkor–Mukimi chorrahasidan Oliy Majlis binosigacha bo‘lgan hudud;

 

Uchtepa tumani: Lutfiy ko‘chasi — Hirmontepa chorrahasidan Katta Kani chorrahasigacha, Nazarbek ko‘chasi — Mahoraҭ chorrahasidan Zamaxshariy 1-tor ko‘chasigacha;

 

Yunusobod tumani: Kichik halqa yo‘li — Ko‘rgazma chorrahasidan Sh. Rashidov chorrahasigacha, Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha;

 

Yakkasaroy tumani: Kichik halqa yo‘li — Qo‘shbegi chorrahasidan Fayzli Toshkent chorrahasigacha;

 

Sergeli tumani: TKAD — Fayzli Toshkent chorrahasidan Qumarik chorrahasigacha;

 

Yashnobod tumani: Farg‘ona yo‘li ko‘chasi — Fitrat chorrahasidan Talimarjon chorrahasigacha;

 

Mirobod tumani: TKAD — «Quyluq» bozori oldidagi ko‘prikdan Munis ko‘chasi kesishmasigacha.

 

Avvalroq Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari haqida ham ma’lum qilingandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda Ramazon hayiti namozi o‘qilishi sababli masjidlar yaqinidagi ko‘chalar yopiladi | Zamon.uz