O'zbekiston

Toshkentdan Dubayga yo‘naltirilgan reyslar bekor qilindi

Yo‘lovchilar istalgan keyingi reysga bepul chiptani qayta rasmiylashtirishi yoki pulini to‘liq qaytarib olishi mumkin.

Toshkentdan Dubayga yo‘naltirilgan reyslar bekor qilindi

“Uzbekistan Airways” joriy yilning 22-mart kungi Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nalishidagi HY333/334 reyslarini bekor qilganini ma’lum qildi.

 

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari istalgan keyingi reysga bepul chiptani qayta rasmiylashtirish yoki aviachipta xarid qilingan joyda mablag‘ni to‘liq qaytarib olish imkoniyatiga ega.

 

“Yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining xavfsizligini ta’minlash — Uzbekistan Airways uchun eng oliy ustuvor vazifa,” — deyiladi kompaniya xabarida. 

 

Qo‘shimcha ma’lumot va aloqa uchun:

 

“Uzbekistan Airways” yagona aloqa markazi: +998 78 140 02 00

 

“Uzbekistan Airways” BAA dagi vakolatxonasi: +971 4 256 88 14

 

Avval ham Dubay havo hududining qisman yopilishi sabab “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent – Dubay yo‘nalishi bo‘yicha HY-333 reysi ortga qaytarilgan edi. 

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkentdan Dubayga yo‘naltirilgan reyslar bekor qilindi | Zamon.uz