Jahon

AQSh Eronga zarbalarni davom ettiradi, sulh faqat energetika obyektlariga taalluqli — Semafor

Shuningdek, AQSH rasmiysi “Epik g‘azab” operatsiyasining dastlabki bosqichlari davom etishini bildirgan.

AQSh Eronga zarbalarni davom ettiradi, sulh faqat energetika obyektlariga taalluqli — Semafor

AQSh Eronga zarbalarni davom ettiradi, tanaffus esa faqat Tehronning energetika obyektlariga qilingan hujumlarga taalluqli bo‘ladi. Bu haqda Semafor nashri AQSh rasmiysiga tayanib xabar berdi. 

 

Mazkur ma’lumot AQSh prezidenti Donald Tramp noma’lum eronlik rasmiylar bilan o‘tkazgan “samarali” muzokarasidan so‘ng e’lon qilindi.

 

Avvalroq Tramp Eronning elektr stansiyalari va energetika infratuzilmasiga zarba berish rejasini besh kunga to‘xtatgandi. Keyinchalik Eron AQSh bilan muzokaralar olib borilganini rad etdi.

 

“Besh kunlik hujumlarni to‘xtatish faqat ularning energetika obyektlariga nisbatan amal qiladi”, — degan AQSh rasmiysi Semaforga.

 

Rasmiyning qo‘shimcha qilishicha, tanaffus harbiy obyektlar, dengiz kuchlari, ballistik raketalar va mudofaa sanoati infratuzilmasiga taalluqli emas. 

 

“Epik g‘azab operatsiyasining dastlabki bosqichlari davom etadi”, — degan u.

 

Shuningdek, Semafor xabariga ko‘ra, Isroil Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralarda ishtirok etmagan.

 

Reuters agentligi ushbu xabarni darhol mustaqil tasdiqlay olmagan. Oq uy, AQSh Davlat departamenti va Pentagon ish vaqtidan tashqari berilgan so‘rovlariga javob bermagan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

AQSh Eronga zarbalarni davom ettiradi, sulh faqat energetika obyektlariga taalluqli — Semafor | Zamon.uz