Jahon

Donald Tramp Eronga mamlakatni birgalikda boshqarishni taklif qildi

Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozini oliy rahnamo bilan nazorat qilishini aytdi.

Donald Tramp Eronga mamlakatni birgalikda boshqarishni taklif qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga “qo‘shma rahbariyat” shaklidagi boshqaruvni taklif qildi. Tramp bu haqda 23-mart kuni Tehron bilan muzokaralar o‘tkazilgani haqidagi xabarlar fonida ma’lum qildi.

 

Trampning aytishicha, to‘rt haftadan beri davom etayotgan harbiy keskinlik sharoitida AQSH Eronni nomi oshkor etilmagan eronlik yetakchi bilan birgalikda boshqarishi mumkin. U mamlakatda “rejim o‘zgarishining juda jiddiy shakli” yuz berishi ehtimolini ham tilga oldi.

 

“O‘ylaymanki, bu qo‘shma yetakchilik bo‘lishi mumkin”, — dedi Oq uy rahbari.

 

Shuningdek, Tramp AQSH Venesueladagi kabi yangi yetakchini qo‘llab-quvvatlash variantini ham ko‘rib chiqishi mumkinligini bildirdi.

 

Prezident 23-mart kuni Eron energetika infratuzilmasiga rejalashtirilgan zarbalarni besh kunga qoldirishga qaror qilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qarorga Isroil ham amal qiladi.

 

 Avvalroq Tramp Eron hukumatiga Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish uchun 48 soat muddat bergan edi.

 

Tramp “juda jiddiy muzokaralar” olib borilayotganini ta’kidlab, mazkur bo‘g‘oz ustidan nazorat ham muhokama qilinayotganini bildirdi. “Bo‘g‘ozni men va rahnamo birgalikda nazorat qilishimiz mumkin”, — dedi u.

 

AQSH prezidenti, shuningdek, Eron rasmiylari yadroviy quroldan voz kechish talabiga rozi bo‘lganini iddao qildi. Biroq Eron OAVlari ikki davlat o‘rtasida hech qanday muzokaralar o‘tkazilmaganini ma’lum qilmoqda.

 

Trampning havo zarbalarini kechiktirgani haqidagi xabarlar ortidan jahon moliya bozorlarida keskin o‘zgarishlar kuzatildi. Xususan, Brent markali neft narxi 14 foizga pasayib, bir barreli uchun 96 dollargacha tushdi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Donald Tramp Eronga mamlakatni birgalikda boshqarishni taklif qildi | Zamon.uz