Jahon

Kuba AQShning harbiy bosqiniga tayyorlanmoqda

Tramp AQSH Erondan keyin Kubaga e’tibor qaratishini aytgan edi.

Kuba AQShning harbiy bosqiniga tayyorlanmoqda

Kuba vazirlar mahkamasi vakili, o‘rinbosar tashqi ishlar vaziri Karlos Fernandez de Kassio hafta oxirida mamlakat harbiylari AQShdan harbiy tajovuz ehtimoliga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. 

 

U NBC News’ning “Meet the Press” dasturiga bergan intervyusida, Kuba rahbarlari dunyodagi vaziyatni inobatga olgan holda mumkin bo‘lgan mojaro ehtimolini inkor etish “ahmoqlik” bo‘lishini ta’kidladi.

 

Fernandez de Kassio so‘zlariga ko‘ra, Kuba rahbarlari ushbu mojaroning sodir bo‘lmasligiga chin dildan umid qilmoqda.

 

So‘nggi oylar ichida AQSh va Kuba o‘rtasidagi tarangliklar oshdi. Bunga sabab, AQShning Venesuela operatsiyasi bo‘lib, prezident Nikolas Maduroning hibsga olinishi va uning Kuba rahbariyati bilan yaqin aloqasi bo‘ldi. Ushbu operatsiyadan so‘ng AQSh Prezidenti Donald Tramp va Davlat kotibi Marko Rubio Kubaga harbiy aralashuv ehtimoli mavjudligini bildirdi.

 

Yanvar oyida Prezident Tramp Kubaga neft yetkazib beradigan mamlakatlarga tariflar joriy etishni buyuruvchi farmonni imzoladi. 

 

Shundan keyin orolda aholiga doimiy ravishda elektr uzilishi kuzatilmoqda. Ushbu oyda mamlakat uch marta elektrsiz qoldi. Fernandez de Kassio blokadani AQShning Kuba bilan agressiyasi natijasi deb atadi va uning “cheksiz davom eta olmasligini” ta’kidladi.

 

Tramp esa shu oy boshida Kubani tez orada “qulashini” va rahbarlar bilan kelishuv tuzishga intilayotganini bildirgan. Keyinchalik u “Kubani egallash” sharafiga ega bo‘lishini, uni har qanday yo‘l bilan bosib olishini aytgan edi.

 

Fernandez de Kassio bu bayonotga javoban: “Biz nima haqida gaplashayotganlarini bilmaymiz. Lekin shuni aytishim mumkinki, Kuba suveren davlat va suverenlik huquqiga ega,”, — dedi.

 

Avvalroq Kuba prezidenti ham mamlakat AQShning har qanday hujumiga yengib bo‘lmaydigan qarshilik ko‘rsatishini bildirgan edi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kuba AQShning harbiy bosqiniga tayyorlanmoqda | Zamon.uz