Jahon

Filippin Erondagi urush fonida energetika sohasida favqulodda holat e’lon qildi

Yaqin Sharqdagi mojaro fonida mamlakatda benzin va dizel narxlari ikki barobardan ko‘proqqa oshgan.

Filippin Erondagi urush fonida energetika sohasida favqulodda holat e’lon qildi

Filippin hukumati Eron bilan bog‘liq mojaro oqibatida yuzaga kelgan energiya ta’minoti xavfi sabab mamlakatda milliy energetika favqulodda holatini e’lon qildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

 

Prezident Ferdinand Markos  imzolagan ijro farmoniga ko‘ra, ushbu qaror mamlakat energiya ta’minotining barqarorligi va uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan. 

 

Rasmiylar global bozorlardagi beqarorlik va Ho‘rmuz bo‘g‘ozining amalda yopilishi energiya narxlarining keskin oshishiga olib kelganini bildirmoqda.

 

Filippin o‘z neftining 98 foizini import qiladi. 28-fevraldan buyon davom etayotgan mojaro fonida mamlakatda benzin va dizel narxlari ikki barobardan ko‘proq oshgan.

 

Qabul qilingan qarorga muvofiq, hukumatga yoqilg‘i, oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur mahsulotlarni taqsimlashni nazorat qilish vakolati berildi. 

 

Shuningdek, davlat energiya resurslarini to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilish orqali ta’minotni mustahkamlashi mumkinligi ham aytildi. Ushbu favqulodda holat bir yil davomida amal qiladi.

 

Ayni paytda hukumat energiya inqirozini yumshatish uchun qator choralarni ko‘rmoqda. Jumladan, transport haydovchilariga subsidiyalar ajratilgan, parom qatnovlari qisqartirilgan hamda davlat xizmatchilari uchun yoqilg‘ini tejash maqsadida to‘rt kunlik ish haftasi joriy etilgan.

 

Energetika vaziri Sharon Garinning ma’lum qilishicha, mamlakatda hozirda taxminan 45 kunlik yoqilg‘i zaxirasi mavjud. Suyultirilgan gaz narxlarining oshishi sababli Filippinning vaqtincha ko‘mir yoqilg‘isiga asoslangan elektr stansiyalaridan ko‘proq foydalanishi kutilmoqda.

 

Biroq favqulodda holat e’lon qilinishi jamiyatda turlicha munosabat uyg‘otdi. Yirik mehnat uyushmalaridan biri – Kilusang Mayo Uno (KMU) hukumatni inqirozni vaqtida tan olmaganlikda tanqid qildi va yangi choralarni “ishchilarga qarshi” deb baholadi.

 

Shu bilan birga transport sohasi vakillari va boshqa guruhlar yoqilg‘i narxlarining keskin oshishi hamda hukumat choralaridan norozi bo‘lib, yaqin kunlarda ish tashlash o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ular yoqilg‘i soliqlarini bekor qilish, narxlarni pasaytirish va ish haqlarini oshirishni talab qilmoqda.

 

Aksincha, yirik biznes vakillari favqulodda choralarni qo‘llab-quvvatlab, hukumat iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun keng vakolatlarga ega bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

 

Tahlillarga ko‘ra, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadigan neft va gaz oqimining katta qismi Osiyo mamlakatlariga yo‘naltirilgan bo‘lib, mintaqa ushbu yo‘lakdagi uzilishlardan katta zarar ko‘rmoqda.

 

Avvalroq Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi taranglik va neft yetkazib berishdagi qiyinchiliklar fonida Yevropa davlatlari ham yonilg‘i sotib olishda haydovchilar uchun kunlik limit belgilagan edi.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Filippin Erondagi urush fonida energetika sohasida favqulodda holat e’lon qildi | Zamon.uz