Jahon

“Ho‘rmuz bo‘g‘ozi do‘st davlatlar uchun ochiq” — Eron TIV rahbari

Abbos Aroqchi bo‘g‘oz faqat dushman davlatlar va ularning ittifoqchilari uchun yopiqligini bildirdi.

“Ho‘rmuz bo‘g‘ozi do‘st davlatlar uchun ochiq” — Eron TIV rahbari

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi davlat televideniyasiga bergan intervyusida Ho‘rmuz bo‘g‘ozining do‘st davlatlar, jumladan Hindiston, Rossiya, Xitoy, Pokiston va Iroq kemalari uchun ochiq ekanini ma’lum qildi.

 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bo‘g‘oz jahon neft va gaz savdosining taxminan beshdan bir qismini tashkil etsa-da, u butunlay yopilmagan. 

 

“Bizga xavfsiz o‘tish uchun so‘rov bildirgan do‘st davlatlar kemalariga qurolli kuchlarimiz orqali xavfsiz o‘tish ta’minlandi. Bu keyinchalik ham davom etadi”, – dedi Aroqchi.

 

Shuningdek, vazir AQSh, Isroil va ularning ittifoqchilariga tegishli kemalarning bo‘g‘ozdan o‘tishiga ruxsat berilmasligini ta’kidladi. 

 

“Mintaqada urush bo‘lyapti. Dushmanlarimiz va ularning ittifoqchilari uchun Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish taqiqlanadi. Boshqalarga esa yo‘l ochiq”, – dedi vazir.

 

Mazkur bayonot, BMT Bosh kotibi Antonio Guterrishning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish chaqiruvidan so‘ng e’lon qilindi. Shu bilan birga, Eron hozircha AQSh bilan muzokara o‘tkazish rejasi yo‘qligini ma’lum qilgan.

 

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Vizasiz qatnov faqat havo yo‘llariga emas, quruqlikdagi xalqaro chegara o‘tish punktlariga ham tatbiq etiladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.