O'zbekiston

O‘zbekiston fuqarolari Italiyaga mavsumiy ishga jalb qilinadi

Pilot loyiha doirasida 100 nafar o‘zbekistonlik ish bilan ta’minladi.

O‘zbekiston fuqarolari Italiyaga mavsumiy ishga jalb qilinadi

O‘zbekistonliklar Italiyaning agrar sohasiga ishga jalb etiladi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov,  Italiya Qishloq xo‘jaligi vaziri Franchesko Lollobrijida, shuningdek, Confagricoltura tashkiloti vitse-prezidenti Luka Brondelli ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini Italiyaning agrar sohasiga ishga jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

 

Shuningdek, Migratsiya agentligi hamda Italiyaning “Associazione Imprese Ortofrutticole“ tashkiloti o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

 

Ushbu kelishuvga ko‘ra, o‘zbekistonliklar Italiyaga 3 oydan 9 oygacha bo‘lgan mavsumiy ishlarga jalb etiladi.

 

Associazione Imprese Ortofrutticole assotsiatsiyasi Italiyada meva-sabzavot sohasidagi 35 dan ortiq yirik kompaniyani birlashtirib, fermerlikdan tortib qayta ishlash, logistika va eksportgacha bo‘lgan to‘liq agrosanoat zanjirini qamrab oladi. Asosiy mahsulotlari: olma, kivi, anor, qulupnay kabi mevalar.

 

Assotsiatsiya prezidenti Marko Salvi joriy yilning o‘zida pilot loyiha doirasida 100 nafar o‘zbekistonlikni ish bilan ta’minlashga tayyor ekanligini bildirgan.

 

Avvalroq O‘zbekiston fuqarolari AQSHga qishloq xo‘jaligi sohasidagi 9–10 oy davom etadigan mavsumiy ishlarga jalb qilinishi, o‘rtacha oylik 3 500 dollarni tashkil qilishi haqida xabar berilgandi. 

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston fuqarolari Italiyaga mavsumiy ishga jalb qilinadi | Zamon.uz