Jahon

Quruqlikdagi ehtimoliy harbiy amaliyot uchun Eron bir million askarini safarbar qildi — Mehr

Eronlik yoshlar tomonidan harbiy tuzilmalar safiga qo‘shilish uchun berilayotgan arizalar soni keskin oshgan.

Quruqlikdagi ehtimoliy harbiy amaliyot uchun Eron bir million askarini safarbar qildi — Mehr

Yaqin Sharqdagi hamda Vashington bilan munosabatlardagi harbiy-siyosiy keskinlikning kuchayishi Tehronni ehtimoliy tahdidlarga qarshi turish uchun keng ko‘lamli safarbarlikni boshlashga undadi. Bu haqda Point nashri Mehr axborot agentligiga tayanib xabar berdi.

 

Mehr agentligining mazkur masaladan xabardor manbaga tayanib yozishicha, AQSh qo‘shinlariga qarshi ehtimoliy quruqlikdagi to‘qnashuv uchun bir milliondan ortiq eronlik jangchilar safarbar etilgan.

 

Eronning Tasnim agentligi ham agar AQSh quruqlikdan hujum boshlasa, amerikalik harbiylar uchun “tarixiy do‘zax” yaratish g‘oyasi atrofida harbiylar orasida “kuchli ruhiy ko‘tarinkilik” yuzaga kelganini yozmoqda. 

 

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda eronlik yoshlar tomonidan “Basij” tuzilmalari, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi va muntazam armiya safiga qo‘shilish istagi bilan berilayotgan arizalar soni keskin oshgan.

 

“Qo‘shma Shtatlar Ho‘rmuz bo‘g‘ozini o‘zini halokatga olib boruvchi taktika orqali ochmoqchi; mayli. Biz ularning bunday ‘o‘zini yo‘q qilish strategiyasi’ni amalga oshirishiga ham, bo‘g‘ozning yopiq qolishiga ham tayyormiz”, — deya ma’lum qilgan bir harbiy.

 

Mazkur xabar AQSh prezidenti Donald Trampning strategik ahamiyatga ega neft markazi bo‘lgan va muhim dengiz yo‘lini nazorat qilishga xizmat qiluvchi Xarg orolini egallash bilan tahdid qilgani fonida yangradi.

 

Eron davlat televideniyesi 25-mart kuni Tehron rasmiylari o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni rad etganini ma’lum qilgan. Buning o‘rniga Eron AQShning Fors ko‘rfazidagi barcha harbiy bazalarini yopishni, tovon puli to‘lanishini hamda Isroilning “Hizbulloh”ga qarshi amalga oshirayotgan zarbalarini to‘xtatishni talab qilmoqda.

 

“Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini o‘z nazoratiga olishni ko‘zlamoqda. Bu Misrning Suvaysh kanaliga nisbatan yuritgan siyosatiga o‘xshash ssenariy bo‘lib, unga ko‘ra bo‘g‘ozdan o‘tuvchi kemalardan tranzit to‘lovlari undirilishi mumkin”, deyiladi xabarda.

 

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar yaqin orada Eron hududida quruqlik amaliyoti o‘tkazishi rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.