Jahon

AQSh Eronga qarshi urush xarajatlarini arab davlatlariga to‘latmoqchi

Donald Tramp mazkur masala yuzasidan alohida bayonot beradi.

AQSh Eronga qarshi urush xarajatlarini arab davlatlariga to‘latmoqchi

AQSh ma’muriyati arab davlatlari tomonidan Eronga qarshi harbiy operatsiya xarajatlarini qoplash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

 

Levittning ta’kidlashicha, Donald Tramp arab davlatlarini ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga chaqirishdan manfaatdor bo‘ladi. Oq uy vakili prezident bu masala yuzasidan keyinchalik alohida bayonot berishini ham qo‘shimcha qildi.

 

Shuningdek, Levitt Tehronning ommaga aytadigan gaplari AQSH rasmiylariga xususiy tarzda aytganlaridan farq qilayotganini va Eron Vashingtonning ayrim takliflariga norasmiy ravishda rozi bo‘lganini bildirdi.

 

Avvalroq, 28-fevral kuni AQSh va Isroil Eron hududidagi qator shaharlarga havo zarbalari berib, harbiy operatsiyani boshlagani xabar qilingandi. Bunga javoban Eron Isroilga raketa hujumlari uyushtirdi, shuningdek Fors ko‘rfazi hududidagi AQSh harbiy bazalariga zarba berdi.

 

Keskinlashgan vaziyat fonida mintaqaning bir qator davlatlari havo hududini vaqtincha yopdi. 

 

Shuningdek, AQSh tomonidan Eron rasmiylariga Yaqin Sharqdagi mojaroni tartibga solishga qaratilgan 15 banddan iborat reja taqdim etilgani ham ma’lum qilingan. Eron tomoni esa mazkur rejalarni real emas, deb hisoblagan.

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Bu virus odamda ilk bor aniqlangan holat bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorga u mayda qon so‘ruvchi hasharot chaqishi orqali yuqqan.

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Mamlakat sharqida yana to‘rtta dron urib tushirilgan.

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Ehtimoliy hujumlarda yadroviy inshootlar, energetika infratuzilmasi, raketa va dron arsenallari nishonga olinishi mumkin.

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Ichki ishlar vazirligi folbinlar, sehrgarlar, fohishalar, ularning mijozlari va oila a’zolarini maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritib, doimiy monitoring qilishni boshladi.

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Kreml muzokaralar 10-noyabr yoki undan keyin Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

AQSh esa saylovlargacha keskin choralar ko'rishni istamayapti.

Ikki oyda 400 milliard dollar: AQSh qarzi o‘sishda davom etmoqda

Ikki oyda 400 milliard dollar: AQSh qarzi o‘sishda davom etmoqda

AQSHning davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yetdi.

AQSh yordamisiz Ukraina bugun mavjud bo‘lmas edi — Rubio

AQSh yordamisiz Ukraina bugun mavjud bo‘lmas edi — Rubio

AQSh Davlat kotibi Vashington yordamisiz Ukraina suveren davlat sifatida mavjud bo‘lmasligi mumkinligini aytdi.