Jahon

Mojtabo Xomanaiy tez orada ommaga ko‘rinish beradi — Eron TIV

Eron Tashqi ishlar vazirligi Xomanaiyning sog‘lig‘i haqida tarqalgan mish-mishlarga izoh berdi.

Mojtabo Xomanaiy tez orada ommaga ko‘rinish beradi — Eron TIV

 

Eron Tashqi ishlar vazirligi mamlakat Oliy rahbari Mojtabo Xomanaiyning sog‘lig‘i haqida tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirdi.

 

TIV rasmiy vakili Ismoil Bag‘ayi Al-Masry al-Youm nashriga bergan intervyusida Xomanaiyning sog‘lig‘i yaxshi ekanini ma’lum qilgan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, rahbarning jamoatchilik oldida hozircha ko‘rinmasligi mamlakatdagi murakkab vaziyat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

 

“Bu borada turli gap-so‘zlar tarqalmoqda, biroq ishonch bilan aytish mumkinki, uning sog‘lig‘i yaxshi. Mamlakat urush sharoitida bo‘lganini inobatga olsak, rahbarning omma oldida paydo bo‘lishi uchun biroz vaqt kerak bo‘lishi tabiiy”, — dedi Bag‘ayi.

 

Shuningdek, u mavjud vaziyatga qaramay davlat boshqaruvi va mudofaa tizimi samarali faoliyat yuritayotganini ta’kidlagan.

 

Ma’lumot uchun, Mojtabo Xomanaiy 8-mart kuni Eronning Oliy rahbari etib saylangan. U ilgari ushbu lavozimni egallagan Ali Xomanaiyning o‘g‘li hisoblanadi. Avvalroq Ali Xomanaiy 28-fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan amalga oshirilgan hujum oqibatida halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.