Jahon

Mujtabo Xomanaiyning maslahatchisi og‘ir yaralangan — Al Hadath

Eron rasmiylari hozircha ushbu xabar yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Mujtabo Xomanaiyning maslahatchisi og‘ir yaralangan — Al Hadath

Eron oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiyning maslahatchisi Kamol Xarroziy aviahujumlar oqibatida og‘ir yaralangan. Bu haqda Al Hadath telekanali xabar berdi.

 

Manbalarga ko‘ra, Tehronga uyushtirilgan zarbalar vaqtida Xarroziy nishonga olingan va jarohat olgan. Uning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Eron rasmiylari hozircha ushbu xabar yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

 

Avvalroq AQSH va Isroil tomonidan 28-fevral kuni boshlangan hujumlar oqibatida Eronning oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘lgan, u bilan birga uning yaqin oila a’zolari — kelini, qizi va nabirasi ham vafot etgani e’lon qilingan.

 

Shundan so‘ng Mujtaba Xomanaiy otasining o‘rnini egallab, Eronning yangi oliy rahnamosiga aylangani ma’lum qilingan. Ayrim manbalarda u ham havo hujumlari vaqtida jarohat olgani va Rossiyaga olib ketilgani qayd etilgan.

 

Kuvaytning Al Jarida nashri manbasiga ko‘ra, Mujtabo Xomanaiy Moskvaga yetkazilgach, jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan va hozirda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qarorgohlaridan biridagi xususiy tibbiyot muassasasida davolanmoqda.

 

Manbalarda uning davolanishi kuchaytirilgan xavfsizlik choralariga rioya etilgan holda olib borilayotgani qayd etilgan. Xususan, ehtimoliy suiqasd tahdidlari sababli uning joylashuvi sir tutilmoqda.

 

Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bag‘oiy esa oliy rahnamo salomatligi haqida izoh berib, uning ahvoli barqaror ekanini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, urush sharoitida Mujtabo Xomanaiyning omma oldida ko‘rinish berishi uchun ma’lum vaqt talab etilishi tabiiy hol.

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Vizasiz qatnov faqat havo yo‘llariga emas, quruqlikdagi xalqaro chegara o‘tish punktlariga ham tatbiq etiladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.