Jahon

Germaniyalik haydovchilar arzon yonilg‘i uchun Polshaga bormoqda

Mazkur vaziyat “benzin turizmi” sifatida baholanmoqda.

Germaniyalik haydovchilar arzon yonilg‘i uchun Polshaga bormoqda

Germaniyada yonilg‘i narxlarining rekord darajada oshishi fonida nemis haydovchilari avtomobillarini arzonroq narxda to‘ldirish maqsadida qo‘shni Polshaga yo‘l olmoqda. Bu haqda Point nashri xabar berdi. 

 

Ma’lum qilinishicha, 3-aprel kuni ertalab Germaniya bilan chegaradosh Svinouyse shahrida joylashgan yonilg‘i quyish shoxobchalarida katta navbatlar yuzaga kelgan. Navbatda turgan avtomobillarning aksariyatini Germaniya davlat raqamiga ega mashinalar tashkil etgan.

 

Ayniqsa, bir-biriga yaqin joylashgan uchta shoxobcha atrofida tirbandlik kuchaygan. Vaziyatni nazoratga olish maqsadida shahar ma’muriyati vaqtincha harakatni tartibga solish choralarini joriy etgan.

 

Rasmiylar bu holatni Polshadagi yonilg‘i narxlarining Germaniyaga nisbatan arzonligi bilan izohlamoqda. Shahar ma’muriyati vakillari yuzaga kelgan vaziyatni “benzin turizmi” sifatida baholamoqda.

 

Mutasaddilar talabning yanada ortishi ehtimolini hisobga olib, yonilg‘i ta’minotida uzilishlar yuzaga kelishining oldini olish choralarini ham ko‘rmoqda. 

 

Xususan, Pasxa bayrami kunlari davomida qo‘shimcha yonilg‘ini tankerlar orqali yetkazib berish uchun Dengiz boshqarmasidan maxsus ruxsat so‘ralgan. Hududning geografik xususiyatlari sababli yonilg‘i yetkazib berish asosan dengiz orqali amalga oshiriladi, biroq odatdagi qoidalarga ko‘ra bayram kunlari bunday tashuvlarga ruxsat berilmaydi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Polshada hukumat tomonidan joriy etilgan maxsus choralar doirasida yonilg‘i uchun maksimal narx har kuni belgilanadi. 3-aprel holatiga ko‘ra, A-95 benzini narxi 6,19 zlotiy (taxminan 1,45 yevro), dizel yoqilg‘isi esa 7,64 zlotiy (1,8 yevro)ni tashkil etgan. 

 

Bu ko‘rsatkichlar Germaniyadagiga nisbatan ancha past bo‘lib, aynan shu tafovut haydovchilar oqimini kuchaytirayotgan asosiy omil sifatida qayd etilmoqda.

 

Avvalroq ayrim Yevropa davlatlari vahima va “yonilg‘i turizmi”ni oldini olish maqsadida qat’iy kunlik normalarni belgilayotgani haqda xabar bergandik.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.